AMUDARYoLIK TADBIRKORLAR UÇUN BIZNES-TRENING TAŞKIL ETILDI
Muvaffaqiyatga öz-özidan erişilmaydi. Har bir yutuq zamirida zahmatli harakat yotadi. Tadbirkor biznes sohasida öz örnini topişi uçun nafaqat mehnat qilişi kerak, balki unga bilim va tajriba ham suv va havodek zarur. Şu sababli ham joylarda tadbirkorlik sohasida yutuqqa erişgan trenerlar iştirokida biznes-treninglar taşkil qilinmoqda.
Amudaryolik tadbirkor Javlonbek Örozboyev ham yurtdoşlarimizga qulaylik yaratiş va tadbirkorlarning bilimlarini oşiriş, şu orqali tumanimiz iqtisodiy rivojiga hissa qöşiş maqsadida öz taşabbusi bilan biznes-trening taşkil qildi.
"Biznesni analiz qiliş va strategiya tuziş" mavzusidagi treningni "Biznes drayv", "Kitapp" loyihalari asosçisi, Alişer Qultayev va boşqalar ötkazişdi.
Alişer Qultayev 1990-yilda Samarqand viloyatida tuğilgan.
Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetini 2015-yilda tamomlagan. U biznesda 9 yillik tajribaga ega.
Biznes-treningda Alişer Qultayev tomonidan havola etilgan loyiha iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Ayniqsa, Alişer Qultayevning “Biznes drayv” loyihasini amalga oşiriş jarayonida özi kuzatgan holatlar, ilk biznesni boşlaş böyiça tajribalari iştirokçilarning qizğin munozaralariga sabab böldi. Xususan, öz biznesini boşlaş niyatida bölgan şaxsning qanday maqsadni amalga oşirişni közlab harakat qilişi va bu borada aniq strategiyasi bölişi zarurligi haqidagi fikrlar har bir iştirokçini qiziqtirmay qolmadi.
Alişer Qultayev “Biznes drayv” loyihasini amalga oşirişda tadbirkor öz oldiga aniq maqsad qöygan holda işlab çiqadigan strategiyasiga töxtalar ekan, avvalo, maqsad bor-u strategik rejasi yöq biznesning holati qanday bölişini misollar tariqasida tuşuntirib ötdi. Yaʼni, har qanday biznes aniq maqsad qöyişdan boşlanişi va albatta, kompaniyaning belgilangan ana şu maqsadga erişiş yölidagi uzoq muddatli umumiy harakatlar rejasi mavjud bölgandagina kompaniya faoliyatida barqaror rivojlaniş, ösiş bölişi, kuçli raqobatbardoş bozorlarda aynan ana şu strategiya kompaniya uçun kuraş vositasi rolini bajarişini iqtisodiy jihatdan asoslab, tadbirkor uçun biznes maqsad va strategiyaning ahamiyati xususida keng tuşunçalar berdi.
Bundan taşqari, biznes-treningda amudaryolik tadbirkorlarga kompaniya boşqaruvining umumiy tuzilişi, strategiyaning muhimligi, strategiya tuziş, savdo tahlili instrumentlari, tarqatma materiallari, ösiş va inqiroz, maqsad qöyişning smart modeli xususida va strategiya tuzişning eng sodda insrumentini “Biznes drayv” loyihasi misolida körsatib, bu borada keng körgazmali va tarğibot vositalari orqali tuşuntirişlar berildi.
Biznes-trening yakunida amudaryolik tadbirkorlar "Biznes nimadan boşlanadi?", "Strategiya nima?", "Marketing nima" va boşqa köplab savollariga javob oldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶