BUTUNJAHON OITSGA QARŞI KURAŞIŞ KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR ÖTKAZILDI
Ayni davrda butun dunyoni taşvişga solayotgan muammolardan biri asr vabosi bölgan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, yaʼni OITS kasalligidir. Haligaça davosi topilmagan uşbu kasallikka çalinişning oldini oliş, zararlarini kamaytiriş maqsadida kuraş olib borilmoqda. Ayniqsa, butun jahon OITSga qarşi kuraş kuni deb belgilangan 1-dekabr sanasida turli tarğibot-taşviqot tadbirlari taşkil etilib, kasallik va uning oldini oliş çoralari haqida aholiga keng tuşunçalar berilmoqda.
1-dekabr kuni 30-sonli maktabda butun jahon OITSga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan «Barça hayot uçun» şiori ostida «Biz OITS ga qarşimiz» nomli körik-tanlov taşkil qilindi. Tanlovda 30-sonli maktabning "Vitaminka" va 40-sonli maktabning "Avitsena" jamoalari iştirok etdi.
Maktabning biologiya fani öqituvçilari Nargiza Mamutova hamda Nafisa Mamutovalar tomonidan taşkil etilgan tadbirda dastlab OITS kasalligi va unga qarşi kuraşiş haqidagi maʼruzalar tinglandi.
Maʼruzalarda OITS kasalligining kelib çiqiş tarixi, etiologiyasi, kasallikning dunyoda tarqalganligi, kasallik manbalari, kasallikning yuqiş yöllari, qaysi holatlarda yuqmasligi, kimlar köp kasallanişi va profilaktikasi böyiça söz yuritildi. Şuningdek, OITS kasalligi millat genofondiga salbiy taʼsir etib kelayotgani, ijtimoiy turga kiruvçi bu kasallik keng maʼnoda nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltirişi, oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarga sabab bölişi, kasallikning oldini oliş, davolaş, tarqalişini çeklaş işlarida aql-zakovat bilan iş tutiş katta ahamiyatga egaligi tuşuntirildi.
Tadbir davomida öquvçilar salomlaşiş, körgazmali qurollar namoyişi, tezkor savol-javob körinişidagi bilimlar sinovi, erkin mavzu, razminka, guruh sardorlari bellaşuvi kabi şartlar böyiça bellaşişdi. Kasallik haqidagi tuşunçalarini namoyiş etib, berilgan savollarga batafsil javoblar berişdi. Tayyorlagan körgazmalari, plakat va slaydlarni namoyiş etişdi. Guruh sardorlari ham kasallik haqida, unga çalinişning oldini oliş borasida keng tuşunçalarga ega ekanliklarini körsatib berdilar.
Taʼkidlanganidek, jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra, hozirgi kunda dunyoning 197 mamlakatida 2000-yil oxirigaça 5,5 million odam OITS bilan xastalangan va ulardan 15,5 millioni vafot etgan. Hozirgi kunda esa 95 million atrofida hisoblanmoqda. Özbekistonda ham OITS bilan kasallanganlarning soni ortib bormoqda. Kasallik omillari – fahş işlar, giyohvandlik, spirtli mahsulotlar isteʼmol qiliş, tibbiy xizmatdan notöğri foydalaniş, tartibsiz turmuş tarzi sanaladi.
Tadbirda öquvçilar musiqiy çiqişlar ijro etib, tomoşabinlarni yanada xuşnud etdilar. Iqtidorli öquvçilar tomonidan namoyiş etilgan qöşiq va raqslar, OITS kasalligining salbiy oqibatlari haqidagi sahna körinişlari barçaga nihoyatda manzur böldi. Öquvçilar sahna körinişlari orqali, turli yot illatlarga, ayniqsa, giyohvandlikka beriliş oqibatida OITS kasalligiga çaliniş ehtimoli mavjudligini ifodalab berişdi.
Tadbir iştirokçilari OITS kasalligi va uning oldini oliş çoralari haqida keng maʼlumotlarga ega böldilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶