“Sport nafislik va salomatlik manbai” şiori ostida ayol-qizlar örtasida gimnastrada sport musobaqalari ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2021-yil 4-noyabrdagi “Respublikada sportning gimnastarada (gimnastika barça uçun) turini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi bayoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev rahbarligida joriy yilning 15-noyabr sanasida tumandagi barça korxona va taşkilotlar va tadbirkorlik subʼektlari iştirokida yiğiliş ötkazilib, tumanda 2021-yil noyabr oyida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” şiori ostida gimnastrada sport musobaqalarini taşkil etiş hamda uşbu musobaqalarga tumandagi barça korxona va taşkilotlar, tadbirkorlik subʼektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni keng jalb qiliş vazifasi topşirilgan edi.
Mazkur vazifaning amaliy ijrosini taʼminlaş, gimnastrada sporti musobaqalarini yanada ommalaştiriş maqsadida tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari M.Şermetov, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği A.Yuldaşev, Turizm va sport bölimi rahbari Ğ.Qurbonboyevlar hamkorligida joriy yilning 25-26-noyabr kunlari “Soğlom ayol – buyuk kelajak” ğoyasi asosida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” şiori ostida keng qamrovli gimnastrada musobaqalari taşkil etildi.
Musobaqalarni yuksak saviyada ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlarga köra, musobaqa ötkaziladigan joy gimnastrada sporti logotipi tuşirilgan bannerlar bilan bezatilib, obodonlaştiriş işlari olib borildi. Musobaqa iştirokçilarining xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlarga muvofiq, tuman Tibbiyot birlaşmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan mutaxassis şifokorlar navbatçiligi taşkil etilib, tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar hozirlab qöyildi. Musobaqaning oçiliş marosimida tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan musiqiy çiqişlar taşkil etildi.
Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan musobaqada iştirok etişni xohlovçi yoşlar safini yanada kengaytiriş maqsadida, avvalo har bir korxona va taşkilotda, taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlarning röyxati şakllantirilgani musobaqaning yanada qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötişini taʼminladi.
Joriy 2021-yil 27-noyabr sanasida esa tumandagi korxona va taşkilotlar, tadbirkorlik subʼektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar jamoalari örtasida “Sport - nafislik va salomatlik manbai” şiori ostida gimnastrada sporti musobaqalari döstona va samimiy ruhda ötkazildi.
Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, Turizm va sport bölimi, Madaniyat bölimi, Bolalar-ösmirlar sport maktabi va boşqa hamkor taşkilotlar hamkorligida Amudaryo tumani Bolalar-ösmirlar sport maktabi sport zalida bölib ötgan mazkur musobaqa tumanimizda ayol-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, gimnastrada sport turini qöllab-quvvatlaş yanada rivojlantiriş va uşbu sport turini ommalaştiriş hamda yetuk sportçilarni yetiştirib çiqarişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Musobaqada jami 20 ta jamoadan 160 nafar iştirokçilar qatnaşdi.

Musobaqa yakunida I-örinni 3-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti, 2-örinni 6-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti, 3-örinni 16-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoalari egallaşdi.
Ğoliblar tuman hokimligining qimmatbaho sovğalari, Turizm va sport bölimining I-II-III-darajali diplomlari va taşakkurnomalari bilan taqdirlanişdi.
Musobaqaning ommaviyligini oşiriş va aholining keng qatlamlari orasida keng yoyiş maqsadidagi tarğibot tadbirlari davom etmoqda.
Musobaqa yakunida tumanimizning taniqli sanʼatkorlari musobaqa ğoliblariga musiqiy tabrik yölladilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶