Aholini roʻyxatga olish qaysi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi?
Chet el davlatlari tajribasidan maʼlumki, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish koʻp mexnat va mablagʻ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan hisoblanadi.
Yurtimizda 2023-yilda oʻtkazilidigan aholini roʻyxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish kontskptsiyasiga muvofiq, Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun bilan taʼqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa masʼul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari boʻicha aniqlanadi.
Aholtni roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va eʼlon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani Statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶