AMUDARYoLIK YoŞ TENNISÇI QORAQALPOĞISTON ÇEMPIONATI ĞOLIBI BÖLDI
36-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Behzod Otamurodov ustozlardan bilim sirlarini örganiş bilan birga sportning stol tennis turi bilan şuğullanadi. Bolalikdan boşlab, tennisni mustaqil örgangan yoş sportçi tumandagi Bolalar-ösmirlar sport maktabiga tögarakka qatnab, mohir murabbiylar kömagida mahoratini yanada oşirdi.
Mahoratli yoş tennisçi Behzod turli musobaqalarda iştirok etib, raqiblarni mağlub qilişni örgandi va köplab ğalabalarni qölga kiritib, murabbiylarning işonçini qozondi.
10-13-noyabr kunlari Qonliköl tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi turizm va sport boş boşqarmasi tomonidan sportning stol tennis turi böyiça 15 yoş va undan kiçik yoşdagi sportçilar örtasida Qoraqalpoğiston çempionati taşkil etildi. Uşbu Çempionatda tengdoşlari bilan kuç sinaşgan Behzod Otamurodov faxrli 1-örinni egallaşga muvaffaq böldi.
Stol tennis böyiça Qoraqalpoğiston çempionati ğolibi bölgan amudaryolik Behzod Otamurodovga oltin medal, diplom va çempionatning Özbekiston bosqiçiga yöllanma berildi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶