MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTLARIDA PEDAGOGLAR FAOLIYaTIGA EʼTIBOR KUChAYTIRILMOQDA
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his-tuygʻulari shakllanadi. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari yosh avlodni jamiyatga munosib, komil insonlar qilib tarbiyalashdek muhim va masʼuliyatli vazifani bajaradi. Oʻz navbatida tarbiyachining dunyoqarashi kengligi, bilimi taʼlim-tarbiyada katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois ularning malakasini, mahoratini oshirib borishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tumandagi MTTlarda jami 803 nafar pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 349 nafari oliy maʼlumotli, 454 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog-tarbiyachilar hisoblanadi. Shundan 725 nafari davlat MTTlarida, 83 nafari nodavlat maktabgacha MTTlarida faoliyat yuritadi. Ushbu pedagog-tarbiyachilar belgilangan reja asosida malaka oshirib, ish tajribalarini kengaytirib kelmoqda. Shuningdek, pedagog-tarbiyachilarning kasbiy konpetentsiyasini shakllantirishga qaratilgan “Kaskad” usulidagi seminar-treninglar muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Seminarlar va tashkil etilayotgan oʻquv jarayonlarida ularga tarbiya maskanlarida foydalanilayotgan “Ilk qadam” dasturining ahamiyati, unda koʻzlangan oʻqitishning pedagogik maqsadlari tushuntirib boriladi. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratishga, bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam berishini anglatadi.
Yosh avlodning kelajakda komil inson boʻlib voyaga yetishi bugun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida berilayotgan taʼlim-tarbiyaga bogʻliq. Mazkur jarayon ota-ona bilan bir qatorda tarbiya maskanlaridagi pedagoglardan ham ulkan masʼuliyat talab etadi. Yuqori kasbiy mahorat, malakaga ega boʻlgan pedagog-tarbiyachilar kelajak avlodning yetuk va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlariga munosib hissa qoʻshishadi.
Soliya Bobojonova, tuman MTBning Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqitishning muqobil shakllarini tashkil etish shoʻʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶