“Bayroqqa sadoqat – yurtga sadoqat”
Kichkintoy bolajonlarning yayrab-quvnab ulgʻayishlari, munosib sharoitlarda tarbiyalanishlari va ilk taʼlim olishlari uchun qilinayotgan gʻamxoʻrliklar ota-onalarni behad xursand qilmoqda.
Toshyop ovulining Taqirqalʼa aholi punktida joylashgan “Yulduzcha – Mangʻit” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar tufayli 75 nafar bolajonlar talablar darajasida taʼlim-tarbiya olmoqda.
Muassasada 9 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kichkintoylarga kundalik mashgʻulotlarida musiqa, rus tili, ingliz tili ham oʻrgatilmoqda.
Muassasada shu yilning 16-noyabrida 18-noyabr davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkazilgan “Bayroqqa sadoqat – yurtga sadoqat” deb nomlangan musiqiy adabiy kechada bolajonlarning maktabgacha taʼlimni qay darajada egallayotganliklari yaqqol namoyon boʻldi.

Tadbirda ular mustaqil Vatanimizning bayrogʻi haqida maʼruza tingladilar, Vatanimiz, uning bayrogʻi, tinchlik, baxtiyorlikni madh etuvchi sheʼrlar aytdilar. Shuningdek musiqa mashgʻulotlarida oʻrgangan qoʻshiqlarini, raqslarini ijro etdilar.
Jajji qalblardan ham chuqur joy olgan tugʻilgan yurtiga muhabbat, baxtli bolalik zavqi qoʻshiq, raqslar orqali faxr-iftixor bilan ifoda etildi. Tadbir kichkintoylarga juda manzur boʻldi.

Shahnoza KAMOLOVA, shu muassasa xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶