SAYLOV UÇASTKALARIDA XALQIMIZ UYuŞQOQLIK BILAN ÖZLARI TANLAGAN NOMZODLARGA OVOZ BERMOQDALAR
24-oktyabr tongi yurtimizda özgaça şukuh va kötarinki ruhda qarşi olindi. Buning boisi, yurtdoşlarimiz zimmalaridagi yuksak masʼuliyatni çuqur his qilgan holda öz yaşaş hududlaridagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi saylov uçastkalariga borib, özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berişga şoşilmoqdalar.
Bu yilgi Prezident saylovi ilk bora Saylov Kodeksi asosida yangiça şaroitda, demokratik tamoyillarga töla amal qilingan holda ötmoqda. Saylov uçastkalarida saylovçilarning bemalol kelişi, ovoz berişi uçun zarur şaroitlar yaratildi, maxsus jihozlangan xonalar, transport, aloqa vositalari va yuqori tezlikda işlaydigan internet tarmoğiga ulaniş imkoniyati bilan taʼminlandi. Qisqasi, saylovni milliy saylov qonunçiligi talablari, oçiqlik va oşkoralik, şaffoflik tamoyillariga töla amal qilgan holda ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratildi.
Manğit şahri markazida, tuman Madaniyat bölimi binosida joylaşgan 88-sonli saylov uçastkasida ham muhim siyosiy tadbir – Özbekiston Prezidenti sayloviga puxta taraddud körildi. Maxsus xonalar, ovoz beriş kabinalari taxt qilib qöyilgani ayni saylov kunida saylovçilarning özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz beriş jarayonini qonun talablari asosida ötkaziş imkonini bermoqda.
Uçastkada jami 2422 nafar saylovçi ovoz beradi. Şularning 98 nafari ilk bora saylovda iştirok etadigan yoşlardir. Saylovdan oldin hududda yaşaydigan turli millat vakillaridan iborat ziyoli, obrö-eʼtiborli kişilardan saylangan uçastka saylov komissiyasi aʼzolari uşbu muhim va masʼuliyatli tadbir haqida keng tuşuntiriş, tarğibot işlarini olib borişgani özining ijobiy samaralarini berdi.
Ertalabdanoq saylovçilar yuksak masʼuliyatni his qilgan holda saylov uçastkasiga kelib, munosib nomzodga ovoz bera boşladilar.
Mazkur saylov uçastkasida 5 nafar saylovçi maʼlum sabablarga köra muddatidan oldin saylov qonunçiligimizga amal qilgan holda ovoz berişdi. Saylov kuni hududdagi keksa va bemor kişilarning xonadonlariga borib, ularning ham saylovda ovoz berişini taʼminlaş çoralari köriladi.
Ayni paytda saylov uçastkasida ovoz beriş jarayoni davom etmoqda.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶