“Ayollar maslahat kengaşlari” faoliyatiga bağişlangan körgazmali seminarlar taşkil etildi
Mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barça jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oşiriş, ularning taʼlim va kasbiy könikmalar olişi hamda bandligini taʼminlaşga har tomonlama kömaklaşiş, tadbirkorlik taşabbuslarini yanada qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqişlarini tizimli örganiş, tahlil qiliş va hal etiş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu boradagi işlar samaradorligini oşirişda muhim hujjat bölmoqda.
Mazkur qaror asosida Amudaryo tumanidagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yiğinlarida Ayollar maslahat kengaşlarini taşkil etiş böyiça barça zaruriy çora-tadbirlar amalga oşirilib, har bir mahallada 9-15 nafar aʼzodan iborat tarkibda kengaşlar tuzildi. Tumandagi umumtaʼlim maktablari binolari hamda fuqarolar yiğinlarida Ayollar maslahat kengaşlari uçun zarur xonalar ajratildi. Ajratilgan xonalar belgilangan talablar asosida jihozlanib, kengaşlarning samarali faoliyati yölga qöyildi.
Tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Ayollar maslahat kengaşlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş maqsadida Qiliçboy, Xitoy ovullari va Gulzor mahalla fuqarolar yiğinlarida körgazmali seminarlar ötkazildi. Uşbu seminarlarga hududlardagi kengaşlar azolari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar böyiça örinbosarlari iştirok etdilar.
Seminarlarda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova butun mamlakatimizda 24-oktyabr kuni ötkaziladigan muhim siyosiy jarayon - Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida barça xotin-qizlarni faol iştirok etişga çorladi. U öz sözida ayollar uy bekasi, ona, opa-singil, turmuş örtoği böliş bilan birgalikda jamiyatda öz örni va mavqeyiga ega şaxs hisoblanişi, şu boisda, yurt taraqqiyotining yangi bosqiçida hal qiluvçi ahamiyat kasb etadigan Prezident saylovida munosib iştirok etib, Vatan ravnaqi, farzandlarimizning baxt-u kamoli hamda xalq faravon hayoti uçun munosib nomzodga ovoz berişlari, şuningdek, barça oila aʼzolari, mahalladoşlarini uşbu siyosiy jarayonda öz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanişga çaqirişlari lozimligini taʼkidladi.
Seminarlarda Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimboyçiyeva Ayollar maslahat kengaşlarining asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, kengaşning faoliyatini yanada jonlantiriş haqida söz yuritdi.
U öz sözida kengaş tarkibiga fuqarolar yiğini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar böyiça örinbosari, mahallada istiqomat qiladigan hamda katta hayotiy va amaliy tajribaga, aholi orasida obrö-eʼtiborga ega bölgan ayollar, ziyoli onaxonlar, tadbirkor ayollar, hududdagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining ayol xodimlari jalb qilinganligini alohida taʼkidlab ötdi. Uşbu kengaş faoliyati namunali yölga qöyilsa, oilaviy ajrimlar, oiladagi notinçliklar hamda xotin-qizlar örtasidagi turli salbiy holatlarning oldi olinişi qayd etildi.
Şuningdek, tuman içki işlar bölimi huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori, podpolkovnik Gauxar Utemuratova xotin-qizlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.
Seminarlarda Ayollar maslahat kengaşlari aʼzolari iştirokida soğlom oilaviy munosabatlar tizimini mustahkamlaş, qaynona va kelin örtasida samimiy, özaro hurmatga asoslangan munosabatlarni qaror toptiriş maqsadida “Qaynona-kelin maʼsuliyati” nomli davra suhbatlari ötkaziş lorzimligi qayd etilib, şu orqali jamiyatda soğlom, axloqiy, psixologik munosabatlarga asoslangan qaynona-kelin munosabatlari tizimi qaror topgan namunali oilalar sonini oşiriş rejasi belgilab olindi. Seminarlar savol-javoblar asosida juda qiziqarli yakuniga yetdi.
Gavxar Çimboyçiyeva, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶