“TIL – MILLIY ĞURURIMIZ”
Yakunlanayotgan haftadan 21-oktyabr – Özbek tili bayrami keni mamlakatimiz böylab keng nişonlandi.
Har bir millatning öz ona tili maʼnaviy boyligidir. Çunki til millat ruhi, madaniyati, turmuş tarzini aks ettiradi.
1989-yilning 21-oktyabri mamlakatimiz tarixida unutilmas sana bölib qoldi. Boisi şu kuni ona tilimizning huquqiy asoslarini belgilab beruvçi “Davlat tili töğrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga köra özbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
2020-yilning 10-aprelida esa 21-oktyabr sanasini özbek tili bayrami sifatida belgilaş töğrisida Özbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida belgilab qöyildi.
Uşbu sana har yili mamlakatimizda keng nişonlanadi, özbek tilining huquqiy maqolmini belgilaşda bosib ötilgan qiyinçiliklar, özbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalaniş uçun bugungi kunda yaratilgan şaroitlar, ona tilimizning jamiyatdagi mavqeini, maqomini yuksaltiriş borasida, ona tilimizning sofligini saqlaş, uni yoş avlodga çuqur örgatiş borasida amalga oşirilayotgan işlar keng eʼtirof etiladi.
Özbek tili bayrami munosabati bilan şu yilning 21-oktyabrida tumanimizdagi 38 umumiy örta taʼlim maktabida maktab öqituvçilari, öquvçilari va tuman Madaniyat bölimi xodimlari hamkorligida taşkil etilgan “Til – milliy ğururimiz” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy keçada ham ona tilimizning gözalligi, jozibasi va juda boy ekanligi, ona tilimizni asraş, rivojlantirişga hissa qöşiş – millatimizning yuksalişiga zamin yaratişi xususida batafsil söz yuritildi.
Tadbirda maktab öqituvçilari, öquvçilari, tuman Madaniyat bölimi xodimlari, “Milliy tiklaniş” partiyasi tuman Kengaşidan vakillar qatnaşdilar.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nilufar Tojimurodova oçdi. Dastlab maktab ona tili va adabiyot fani öqituvçilari ona tilimizning har birimizning hayotimizdagi örni, şuningdek, mustaqil davlatimizning bayroği, gerbi, madhiyasi singari qonun yöli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi ekanligi, millat közgusi ekanligi xususida maʼruzalar qildilar, özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi xalqimizning mustaqillikka erişiş yölida muhim qadam bölganligini taʼkidladilar.
Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan til bayrami kuniga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy keça öquvçilar ijrosidagi ona tilimizni uluğlovçi şeʼrlar, sahna körinişlari bilan davom etdi.
Şuningdek, taniqli xonandalar Anvar Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov va Raşid Rahimov, Sevinçoy Mavlonberganovalar ijro etgan qöşiqlar, maktab badiiy havaskorlari ijro etgan raqslar barçaga yuqori kayfiyat baxş etdi.
Tuman Madaniyat bölimi xodimi Nasiba Eşçanova stsenaiysi asosida ötkazilgan “Til – millat közgusi” deb nomlangan tadbir barçada çuqur taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶