KÖRGAZMALI SEMINAR-KENGAŞ BÖLIB ÖTDI
19-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Qipçoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligi dalasida körgazmali seminar kengaş bölib ötdi.
Qipçoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xöjaligi dalasida ötkazilgan körgazmali seminar-kengaş qişloq xöjaligida bugungi kunning dolzarb masalalariga bağişlandi.
Körgazmali seminar-kengaşda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, sektorlar rahbarlari, qişloq xöjaligi mutaxassislari va fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Qişloq xöjaligi ekinlaridan 2022-yilda möl hosil olişga erişiş uçun ayni kunda soha mutaxassislari, dehqonlar oldida turgan keçiktirib bölmaydigan vazifalarga bağişlangan tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi.
Kun tartibidagi 2022-yil hosili uçun ekilgan ğalla parvarişi, oziqlantirilişi, 2022-yilda qişloq xöjalik ekinlari ekiladigan maydonlarni sifatli tekislaş, ekiş mavsumiga texnikalarni sifatli taʼmirlab, taxt qilib qöyiş, ekin maydonlarining şörlanib ketişining oldini oliş uçun mavjud kollektor-drenajlarni sifatli tozalaş va boşqada masalalar yuzasidan Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Şuhrat Teşayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari Daryaboy Kaypovlar maʼruza qildilar.
Ona zaminimiz xalqmiz rizq-rözi unadigan bebaho tabiiy xazinamizdir. Keyingi yillarda yerdan oqilona foydalaniş, möl-köl hosil yetiştirilişiga erişiş orqali dehqonlar hayoti farovonligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uçun ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanilib, ekin maydonlari hosildorligini oşiriş va kasalliklarga çidamli, tabiiy iqlim şaroitimizga mos hosildor navlar yaratilib, ekilmoqda. Natijada qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmi yildan yilga oşib bormoqda.
Tumanimizda 2 ta ğallaçilik klasteri faoliyat yuritib, asosiy qişloq xöjalik ekinlaridan hisoblanmiş don yetiştirişni köpaytiriş borasida samarali işlarni amalga oşirmoqda.
Uşbu klasterlarga qaraşli fermer xöjaliklarida 2022-yil hosili uçun rejadagi 6000 gektar, qöşimça 400 gektar, jami 6400 gektar maydonga ğalla ekildi.
Ğalla ekilgan maydonlarda suv tanqisligining oldini oliş va möl hosil yetiştirilişiga erişiş uçun 1000 gektar maydondagi ğözalarni yomğirlatib suğoriş közda tutilmoqda.
Ğalla maydonlarining 1720 gektariga “Asr”, 1010 gektariga “zimnitsa”, 2568 gektariga “Antonina”, 654 gektariga “Vasa” navi, 48 gektariga ega boşqa sifat körsatkiçlari yuqori bölgan navlar ekildi.
Seminarda uşbu ekin maydonlaridan unib çiqqan buğdoy maysalarini öz vaqtida agrotexnika qoidalariga muvofiq parvariş qiliş, qiş mavsumidan talofatsiz olib çiqişni taʼminlaş bugungi kunning asosiy vazifalaridan ekanligi taʼkidlanib, bu borada zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir sönggida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, qişloq xöjaligi xodimlari oldida turgan ayni kundagi dolzarb vazifalar xususida töxtalib ötdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶