25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:55
Jamiyat 👁 441

OChIQ SAYYoR SUDDA 7 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI

OChIQ SAYYoR SUDDA 7 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI

Yurtimizda jinoyat sodir etgan shaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tushunib yetishiga, tuzalish yoʻliga oʻtib, jamiyatga nafi tegadigan inson boʻlib qaytishiga koʻmaklashilmoqda. Aynan shu maqsadda tashkil etilgan Probatsiya xizmatlari faoliyati bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Probatsiya xizmati tomonidan shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilishi natijasida ayrim jinoyat turlari kamayishiga erishilmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimining maʼmuriy binosida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Sayyor sudda Probatsiya guruhida jazo muddatini oʻtayotgan nazorat ostidagi 7 nafar mahkumga nisbatan qoʻllanilgan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga doir ish koʻrib chiqildi.

Shu yil 20-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi masʼullari, tuman prokurori yordamchisi Abboz Niyazimbetov, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Ruslan Iskandarovlar ishtirok etishdi.

Probatsiya guruhining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi tartibida koʻrib chiqilgan sud ishi davomida ularning hozirda tuzalish yoʻliga oʻtganligi hamda jazoni oʻtash davrida oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi eʼtiborga olindi. Nazorat davomida mahkumlarning sudlar tomonidan oʻrnatilgan taʼqiq va cheklovlarga toʻliq rioya etgani, xulq-atvori yaxshi tomonga oʻzgargani alohida aytib oʻtildi.

Sud ishi davomida mahkumlarning belgilangan jazodan toʻgʻri xulosa chiqargani inobatga olinib, tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi taqdimnomasi qanoatlantirildi. Mahkumlar oʻtalmagan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Jazo muddatidan oldin ozod etilgan mahkumlar bilib-bilmay jinoyat koʻchasiga kirib qolganidan pushaymon ekani va sodir etgan jinoyatining oqibatlarini toʻliq anglab yetganini alohida eʼtirof etdilar.
Sud davomida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashi maʼlum qilindi.

Shu kuni jazodan ozod qilingan mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish tartibi hamda saylov qonunchiligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan, qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ham ovoz berish huquqiga ega ekanligi, oʻzlari roʻyxatga kiritilgan saylov uchastkalarida belgilangan tartibda ovoz berishlari mumkinligi batafsil tushuntirildi.

Sayyor sud majlisida jinoyatining oqibatlarini toʻla anglab, axloqan tuzalish yoʻliga oʻtgan va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etilgan mahkumlar qilmishlari kechirilgani uchun davlatimizga minnatdorlik bildirdilar. Jamiyatda oʻz oʻrnini topib, munosib xulq-atvorda boʻlish va yurtimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshishga qatiy soʻz berdilar.

J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026