HAMIŞA XALQ ORASIDA
Siyosat maydonidagi insonlar uçun bir oltin qoida bor: xalq oldidagi masʼuliyatni töliq his qilib yaşaş. Çunki masʼuliyatni anglaş boşqa, uni yurakdan his etib yaşaş boşqa. Ayniqsa, xalq işonib saylagan deputatlar bu borada öta sinçkov va sezgir bölmas ekanlar, uning xalq nazaridan qolib ketişi heç gap emas. Agar taʼbir joiz bölsa, xalq deputatlari tuman Kengaşiga ÖzMTDPdan saylangan deputat Guljahon Ibragimova nafaqat öz kasbiy faoliyati, balki 30-Nazarxon saylov okrugi saylovçilari oldidagi deputatlik burç va masʼuliyatini yurakdan his qilib yaşaşi, muammolar yeçimini topişdagi fidoyiligi bilan ham nazarxonliklarning eʼtiborini qozongan. Deputat sifatida xalq işonçini qozoniş uçun kamida butun ongli hayotingni ana şu xalq içida ötkaziş, ularning dard-u taşvişlariga şerik bölib yaşaş lozim. G.Ibragimova buning uddasidan çiqolgan fidoyilardan. Şuning uçun ham u ketma-ket ikki marta – 2014, 2019-yillarda bölib ötgan saylovlarda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga saylandi. Qolaversa, tumandagi ovul va mahallalar raislarining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlayotgan hamkasblari orasida eng köp – 17-yildan beri faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis hamdir.
Guljahon uçun belgilangan iş soatlarining özi yöq. Köpçilik kasbdoşlari ertalab ofisga kelib, bir-ikkita qoğoz qoralab, kuniga biron bir oilaga kirib yoki muammoli masalani örganib-örganmay: “iş vaqtim tugadi”, deb uyiga otlanib tursa, Guljahon ovulning u boşidan bu boşiga goh yayov, goh biron ulovda odamlar orasiga oşiqib ketaveradi. Birov moddiy kömakka muhtoj bölsa, yana birov huquqiy maslahat sörab murojaat qilgan böladi. Kimdir bemor, davolanişga qurbi yetmayotganidan deputatdan kömak söraydi. Şu bois, Guljahonning yiğin raisining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari sifatidagi vazifasi bilan deputatlik faoliyati uzviylikda, doimiy xalq orasida bölişni talab etadi. Öziga nisbatan talabçanligidanmi yo işga qatʼiyat bilan yondaşişi tufaylimi, u zimmasidagi har ikkala vazifani ham çuqur masʼuliyat hissi bilan ado etadi, iş vaqtim tugadi, degan fikr uning xayoliga ham kelmaydi. Aksinça, u keçasimi, kunduzimi, qanday vaqt bölişidan qatʼiy nazar, ham deputat, ham yiğin raisining örinbosari sifatida oilalarga kirib boraveradi.
G.Ibragimovaning tinib-tinçimasligi bois, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida saylovçilar tomonidan tuşgan 10 ga yaqin muammoli masalalar böyiça turli idora va taşkilotlarga deputatlik sörovlari kiritilib, ularning ijrosi yuzasidan ijobiy natijalarga erişildi. Xususan, Nazarxondagi Moyli köl aholi punktida istiqomat qiluvçi aholining yillar davomida toza içimlik suvidan qiynalib kelayotganligi yuzasidan vakolatli taşkilotga kiritilgan deputatlik sörovi ijobiy hal etilib, mazkur muammoli masala 2022-2023-yilgi dasturga kiritildi. Bundan taşqari, 58-sonli maktabga olib boradigan yölni, Nazarxon aholi punkti hududidagi 2 km. masofadagi qişloq yölini taʼmirlaş böyiça aholi murojaatlari ham atrofliça örganilib, deputatlik sörovi kiritilgaç, mazkur yöllar töliq taʼmirlandi.
Şuningdek, ovulning Moyli köl va Bekboy aholi punktlarida maktabgaça taʼlim taşkiloti yöqligi masalasi ham nazarxonliklarni qiynab kelayotgan oğriqli muammolar sirasiga kiradi. Bu böyiça tuşgan murojaatlarni ham atrofliça örganib, muammo yuzasidan tegişli bölimga deputatlik sörovi kiritgan G.Ibragimova ayni paytda dasturga kiritilişi uçun yelib-yugurib yurganini ham yaşirmaydi.
Şu bois, Guljahon haqida gap ketganida nazarxonliklar:
– Guljahonmi, u iş uçun tuğilgan, xalqning orasiga bir kun kirmasa, oromi bölmaydi, – deyişadi.
Şundanmi, ayniqsa, hayotida muammoga duç kelgan ayol-qizlar uni yöqlab kelaverişadi. Guljahonning yon daftarida esa uning faoliyat kölamini aks ettiruvçi qaydlar köpayib boraveradi. Tinib-tinçimas deputat bu qaydlarni iloji boriça kamaytiriş maqsadida uyma-uy kirib borib, nafaqat deputatlik, balki kasbiy faoliyati taqozosiga köra, oilalar va kömakka muhtoj ayol-qizlarning muammolarini ijobiy hal etiş çoralarini izlaşdan aslo çarçamaydi. Uning saʼy-harakatlari bilan bemor Raya Aytboyeva nogironlik aravaçasi bilan taʼminlanişida, issiqxona qurişni niyat qilgan “Ayollar daftari”dagi Gulzoda Yuldaşevaning va Qirmiza Razzaqova, Gulnoza Yusupovalarning imtiyozli kredit olib, öz-özini iş bilan band qilişlarida yaqindan yordam berildi.
Xalqning orzu-intilişlari, dard-u taşvişlari bilan beorom yaşaşga örgangan G.Ibragimovaning şaxsiy taşabbusi, saxovat-peşaligi ham eʼtiborga munosib. U boquvçisini yöqotgan, kam taʼminlangan oilalarda tez-tez bölib, ularning yaşaş tarzi, muammolarini örganib borişni, iloji boriça ularni qöllab-quvvatlaşni özining insoniy burçi deb bilganidanmi, “men falon oilaga mana bunday yordam körsatdim”, deb özi qilayotgan ezgu amallarni heç qaçon köz-közlamaydi. Binobarin, bu haqda hududdagi Ö.Nurullayeva, M.Xudoyberganova, S.Safarova, V.Nizomiddinova, K.Arzimova, A.Davletmuratova, D.Reyimova, A.Yesimqarayeva, G.Turumbetovalar minnatdorlik bilan söz yuritadilar. G.Ibragimovaning saʼy-harakatlari, şaxsiy taşabbuslari tufayli farzandlariga körsatilgan mehr-muruvvatdan mamnun bölganliklarini yaşirmaydilar.
Guljahonning har yili musulmon olamida keng nişonlanadigan Iyd-Qurbon kunlari xamqişloqlariga körsatadigan insonparvarlik va mehr-saxovat fazilatining özi uning aziz xalqi qalbiga qançalik singib ulgurganidan dalolat.
– Xayr-ehson, mehr-muruvvat amalini maqtanib ado etmaydilar, – deydi Guljahon bu haqda söraganimizda. – Men şunçaki çin köngildan niyat qilib, şu niyatimni amalga oşirdim, xolos. Şu ehson xalqimizga xayrli bölsa, böldi.
Iyd-Qurbon munosabati bilan katta buqani söyib, göştini nazarxonliklarga tarqatgan Guljahon Ibragimovaning xonadoniga Allohning xayr-u barakasi yanada ziyoda bölişini tilagan eldoşlarining duolari ijobatimi, u kirib borgan har bir xonadonda xalq uni mehr-muhabbat bilan, biri qizim, biri opajon, yana biri döst-u qurdoşim, deb kutib olişadi.
Biz uning serqirra mehnat faoliyatining ayrim jihatlarinigina qalamga oldik. Vaholanki, Guljahon Ibragimovaning Nazarxon ovuliga sanoatni olib kiriş, yoşlarning bandligini taʼminlaş, yoş isteʼdod egalarining öz qobiliyatlarini yuzaga çiqarişlariga kömaklaşiş, tomorqa xöjaligini, tadbirkorlikni rivojlantiriş, töy-marosimlarni ixçam, tartibli ötkaziş, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlaş kabi keng qamrovli faoliyatining özi alohida mavzu. “Şuhrat” medali, “Özbekiston mustaqilligining 20 yilligi” kökrak nişonlari sohibasi, oilada mehribon ona, sadoqatli umr yöldoşi, tinib-tinçimas deputat va fidoyi inson Guljahon Ibragimovaning hayoti va faoliyati bilan yanada yaqinroq tanişişni dilimizga tugib, hozirça maqolaga nuqta qöydik.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶