18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 19:14
Jamiyat 👁 198

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar jamiyatda oʻz oʻrnini topmoqdalar

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar jamiyatda oʻz oʻrnini topmoqdalar

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Bu yoʻnalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar boʻyicha mutlaqo yangi – “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlar va yoshlar boʻyicha tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.

Amudaryo tumanida yordamga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish borasida samarali ishlar qilib kelinmoqda.

Aytish kerakki, tumanimizda bandligi taʼminlanib, “Ayollar daftari”dan chiqarilgan, ayni paytda oilasi uchun yetarli daromad manbayiga ega boʻlayotgan xotin-qizlarimiz talaygina. Xususan, Choykoʻl ovulida yashovchi Laylo Ahmedovaga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi va oʻz-oʻzini band qilishi uchun amaliy yordam berilib, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlangan. Laylo Ahmedova 33 mln soʻm kredit mablagʻi olib, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan hamda “Ayollar daftari”dan chiqarilgan. Ayni paytda u tikuvchilik faoliyati bilan shugʻullanib, zaruriy moddiy mablagʻga ega boʻlmoqda. Turli mavsumga moʻljallab ayollar hamda bolalar kiyimlarini tikmoqda va oila iqtisodiga qoʻshimcha daromad kiritmoqda.

Shuningdek, Choykoʻl ovulida yashovchi Salomat Ortiqova hamda Gulzor mahallasida yashovchi Barno Kamolovalar ham ijtimoiy yordam berilib, bandligi taʼminlangan xotin-qizlardan hisoblanadi. Ularning har ikkalasiga Ayollar jamgʻarmasi hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinasi berilib, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga amaliy yordam koʻrsatilgan hamda “Ayollar daftari”dan chiqarilganlar. Hozirgi kunda ular tikuvchilik bilan shugʻullanish orqali daromad manbayiga ega boʻlmoqdalar.

Olmazor mahallasida yashovchi moddiy va ijtimoiy koʻmakka muhtojligi sababli “Ayollar daftari”ga kiritilib, har tomonlama qoʻllab-quvvatlangan Dilfuza Avezova bugun oilasiga iqtisodiy daromad keltirayotganidan mamnun. Dilfuza Avezovaga mutasaddilar tomonidan 15 mln soʻm kredit mablagʻi olishida hamda oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashida amaliy yordam berilgan va bandligi taʼminlangan. Ayni paytda u tikuvchilik bilan shugʻullanib, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda koʻrpa, koʻrpacha, toʻshak va yostiqlar tikmoqda hamda oʻz oilasiga yetarli darajada moddiy mablagʻga ega boʻlmoqda.

Hamyurtlarimizdan biri, 3-sektor hududidagi Jumurtov shaharchasida yashovchi Rayhon Doʻschanova ayni paytda taʼmirlanib, yangi holatga keltirilgan uy-joyda yashayotganidan davlatimizda xotin-qizlar va ayollarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qatarilayotgan bu kabi eʼtibordan gʻoyat xursand. 3-sektor rahbari hamda masʼullari tomonidan Rayhon Doʻschanovaning uy-joyi taʼmirlab berilib, yangicha koʻrinishga keltirildi hamda unga oʻz-oʻzini band qilishi uchun amaliy yordam berildi.

Aytish kerakki, tumanimizda salomatlik bilan bogʻliq muammolari boʻlgan ayollarimizga har tomonlama koʻmak berish borasida ham samarali ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Boʻz yop ovulida yashovchi Zamira Xaytboyevaning nevarasi Sevinchoy Oybekovaning yurak xastaligiga chalingani sababli, uning Toshkent shahrida operatsiya qilinishiga amaliy yordam berildi. Hozirda Sevinchoyning salomatligi joyida boʻlib, buvisi Zamira Xaytboyeva bundan gʻoyat mamnun.

Ovulda yashovchi Maysara Masharipova ham ayni paytda samarali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan xotin-qizlardan biri hisoblanadi. Unga tikuvchilik bilan shugʻullanishi uchun 12 mln soʻm kredit mablagʻi olishida amaliy yordam koʻrsatilib, bandligi taʼminlangan hamda shu orqali Maysara Masharipova “Ayollar daftari”dan chiqarilgan. Ayni paytda u hamyurtlarimiz ehtiyojlariga koʻra ayollar va bolalar kiyimlarini tikib, oila iqtisodiga qoʻshimcha daromad kiritmoqda.

Taʼkidlash kerakki, tumanimizda har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganliklari sababli hayotda va jamiyatda oʻz oʻrnini topayotgan xotin-qizlarimiz soni ortib bormoqda. Ular bilan suhbatlashar ekanmiz, oʻz soʻzlarida oʻz hayotidan va davlatdan rozi ekanliklarini bildirishib, mamlakatimizda inson manfaatlari yoʻlidagi islohotlar bardavom boʻlishini tiladilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026