Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov iştirokida sayyor qabul bölib ötdi
Mamlakatimizda Prezident taşabbusi bilan hududlarda mutasaddi rahbarlarning aholi qiynab kelayotgan muammolar bilan işlar, murojaatlardagi masalalarni joylarga çiqib örganiş hamda ularni ijobiy hal etiş tizimi yangi bosqiçga kötarildi.
Butun mamalakatimiz böylab joylarda turli darajadagi rahbarlarning aholi bilan oçiq muloqotlari, sayyor qabullar taşkil etilib, insonlarning muammolari örganilmoqda hamda ularni bartaraf qiliş çoralari körilmoqda.
Joriy yilning 15-oktyabr sanasida Amudaryo tumanidagi Daryo böyi mahallasi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida respublika mutasaddi rahbarlari iştirokida aholi murojaatlarini örganiş hamda ularni ijobiy hal etişga amaliy yordam beriş maqsadida sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, vazirning birinçi örinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tumanimizdagi sektorlar rahbarlari, korxona-taşkilotlar masʼullari hamda aholi vakillari iştirok etdilar.
Qabul jarayonida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov sözga çiqib, bugungi kunda mamalakatimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar tub negizida inson manfaatlari yotgani, aholini uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarni joylarga çiqib örganiş hamda ularga barham beriş borasida davlatimiz rahbari tomonidan yangi ustuvor vazifalar belgilab berilgani hamda ularning ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilayotgani xususida söz yuritdi.
Taʼkidlaş kerakki, Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Insonlarning dardu taşvişlarini öylab yaşaş – odamiylikning eng oliy mezonidir», «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak», «Xalqimiz öz hayotida ijobiy özgarişlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun körişi kerak» kabi el-yurtimiz qalbi va ongidan çuqur joy olgan sözlari bugun mamlakatimizda barça soha va tarmoqlarda amalga oşirilayotgan tub özgariş va islohotlarni harakatlantiruvçi qudratli kuçga aylandi.

Sayyor qabul jarayonida aholi vakillarining turli mazmundagi muammoli masalalari yuzasidan 25 ga yaqin murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlardagi masalalar asosan, ijtimoiy va moddiy yordam oliş, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun kredit olişda amaliy yordam söraş, bandigini taʼminlaş, elektr taʼminotidagi muammolarni hal etişda, obodonlaştiriş va içki yullarni taʼmirlaş masalalarida, amaliy yordam söraş mazmunida böldi. Qator masalalar sayyor qabul jarayonining özida ijobiy yeçimini topdi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov muddat talab etadigan murojaatlardagi masalalarni ijobiy hal etiş yuzasidan tegişli masʼullarga topşiriqlar berib, aholi muammolari bilan işlaşda samarali tizim hisoblangan “mahallabay” işlaş, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan oilalar, fuqarolar bilan manzilli va, albatta, natijali işlaş böyiça masʼullarga tegişli topşiriqlar hamda tavsiyalar berdi.
Sayyor qabul yakunlanganidan söng mutasaddi rahbarlar tumanimiz yoşlari yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdilar hamda ularning muammolarini örgandilar. Uçraşuvda tumandagi faol yoşlar, uyuşmagan yoşlar hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar iştirok etib, turli yönalişlar böyiça muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Oçiq muloqot tarzida ötkazilgan uçraşuvda yoşlar tomonidan 9 ta murojaatlar kelib tuşdi. Ularning aksariyati şu yerning özida ijobiy hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegişli taşkilotlar masʼullariga topşiriqlar berildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶