Maroqli sayohat
Oʻquvchi-yoshlarni Istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurt himoyachisi, tinchlik va osoyishtalik posbonlari boʻlishga davʼat etish, harbiy hayotga boʻlgan qiziqish va intilishlarini rivojlantirish maqsadida 22-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilaridan bir guruhi ishtirokida tuman Ichki ishlar boʻlimiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida oʻquvchi-yoshlar IIB xodimlarining kundalik ish faoliyatilari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xalqimiz osoyishtaligini saqlash yoʻlida kecha-yu kunduz, beorom faoliyat olib borayotgan IIB xodimlari erishayotgan yutuqlar, shu bilan birga xalqimiznng tinchligi va osoyishtaligini saqlash yoʻlida bemavrid qurbon boʻlgan marhum IIB xodimlarining hayoti va mehnat faoliyati, oilalari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Oʻquvchi-yoshlar maroqli sayohat qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan tuman IIB xodimlariga, ayniqsa, tuman IIB boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovga samimiy minnadorchilik bildirdilar.


Yulduz YaLGʻAShEVA,
22-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶