“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning işonçli vakili amudaryolik saylovçilar bilan uçraşdi
6-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning işonçli vakili amudaryolik saylovçilar bilan uçraşdi.
Mazkur uçraşuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qaypbergenov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Amudaryo tumani Kengaşi raisi Öktam Yöldoşev, partiya faollari, deputatlar, hamkor taşkilotlar vakillari hamda Olmazor mahallasi faollari, nuroniylar, saylov yoşidagi fuqarolar qatnaşişdi.
Tadbirni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qaypbergenov oçib berdi. Şundan söng, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi işonçli vakili, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aymurad Alniyazov sözga çiqib, yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi, faoliyati va saylovoldi dasturi bilan yaqindan taniştirdi.
Partiya tomonidan körsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturida köplab masalalarga adolatli yeçimlar berilgani, sohalar kesimida istiqbolli taklif va taşabbuslar ilgari surilganligi taʼkidlandi.
Nomzodning Saylovoldi dasturida xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarning rolini kuçaytiriş, ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş, barça darajadagi davlat hokimiyati va boşqaruvi organlariga vatanparvar, professional va fidoyi insonlar kelişini taʼminlaş kabilarga eʼtibor qaratilgani aytib ötildi. Şuningdek, jinoyatçilikka, poraxörlikka, taʼmagirlikka, zöravonlikka qarşi murosasiz kuraşiş, adolatli va mustaqil sud-huquq tizimini yaratiş işlarini davom ettiriş, sudni tom maʼnoda adolat qörğoniga aylantiriş kabi asosiy masalalar diqqat markazidan joy olganligi taʼkidlandi.
Undan taşqari, aholi bandligini taʼminlaş, ayniqsa, yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratiş, milliy va tarixiy qadriyatlarimizga asoslangan “Jamiyatda yuriş-turiş odob-axloq qoidalari”ni yaratiş va joriy etiş, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlaş, fuqarolar orasida tibbiy madaniyatni şakllantiriş kabi masalalarning dasturdan joy olganligi alohida eʼtirof etildi.
Muloqotlar jarayonida işonçli vakil nomzodning öz dasturida taʼlim, ilm-fan rivojlanişi uçun ustuvor maqsadlarni ğoya sifatida kiritganligi ham taʼkidlanib, dasturdan örin olgan bu boradagi muhim maqsadlar bilan uçraşuvga yiğilgan saylovçilar taniştirildi.
Şu örinda, dunyoda keçayotgan şiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etiş orqali munosib javob beriş, adolatli jamiyat va adolatparvar davlat barpo etişda partiya taʼlim, ilm-fan va innovatsiyaning ahamiyatini oşiriş çoralarini körilişi kerakligiga alohida töxtalib ötildi.
Buning uçun taʼlim va ilm-fan bilan şuğullanuvçilarga bepul uy-joy taklif qilinişi, ilm-fanni moliyalaştirişga sarflanadigan mablağ 2030-yilda yalpi içki mahsulotning 2 foiziga qadar oşişi, uni davlat byudjetidan moliyalaştirişni bosqiçma-bosqiç taʼminlaş zarurligi qayd etildi.
Uçraşuv davomida Saylovoldi dasturida közda tutilgan masalalar böyiça nomzodning işonçli vakiliga berilgan savollarga atrofliça va batafsil javoblar qaytarildi.
Sözga çiqqan saylovçilar tomonidan nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar qöllab-quvvatlandi va barça saylovda faol qatnaşişga, partiyadan körsatilgan nomzodga ovoz berişga çorlandi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶