SAYLOVOLDI TARĞIBOT-TAŞVIQOT UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Prezideni saylovi kuni tobora yaqinlaşmoqda. Ayni kunlarda Prezidentlikka nomzodlarning işonçli vakillari joylarda uçraşuvlar ötkazib, tarğibot-taşviqot işlarini olib bormoqda.
24-oktyabr Özbekiston Respublikasi Prezideni saylovi kuni. Ayni kunlarda davom etayotgan saylovoldi taşviqoti davomida prezidentlikka siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlarning dasturlari bilan saylovçilar yaqindan taniştirilmoqda. Saylovçilarning özi xohlagan nomzodga ovoz berişlarini taşkil qiliş maqsadida barça saylov uçastkalarida zarur şart-şaroitlar yaratilib, saylovga taxt qilib qöyildi.
Amudaryo tumanida ham prezidentlikka nomzodlarning işonçli vakillari saylovoldi tarğibot-taşviqot uçraşuvlarida iştirok etişmoqda.
Ana şunday saylovoldi tarğibot-taşviqot uçraşuvi tumandagi Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida ham ötkazildi. Unda Qipçoq ovul fuqarolar yiğinining saylovçilar vakillari hamda yoşlar, Ekologik partiya aʼzolari iştirok etdilar.
Uçraşuvda Özbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning işonçli vakili Berdax Jiyenbayev nomzodning tarjimai holi, mehnat faoliyati va saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati bilan saylovçilarni batafsil taniştirdi.
Saylovoldi tarğibot-taşviqot uçraşuvi davomida Berdax Jiyenbayev “Biz kelajak uçun javobgarmiz” ğoyasini özida mujassam etgan Özbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan yettita asosiy ustuvor vazifaga batafsil töxtaldi. Yaʼni, partiyaning dasturi, ekologik muvozanatni taʼminlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda “yaşil iqtisodiyot” tuşunçalari haqida söz yuritib, prezidentlikka nomzodning öz oldiga qöygan katta maqsadlari, mamlakatni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga qöşiş borasidagi şaxsiy taşabbuslari, fikr va ğoyalari haqida saylovçilarga batafsil maʼlumotlar berdi.
Xususan, nomzodning işonçli vakili global ahamiyatga ega bölgan iqlim özgarişi bilan boğliq ekologik xavf-xatarlar içki migratsiyani harakatga keltirişi mumkinligi va öz navbatida xalqning daromad manbalariga, şuningdek isteʼmol mahsulotlari işlab çiqariş hamda ularning narx-navosiga keskin taʼsir körsatişi bilan boğliq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ijobiy hal etişga qaratilgan nomzodning fikrlari, aniq va puxta işlab çiqilgan iqtisodiy mexanizm, rejalari haqida söz yuritdi.
Şundan söng, Qipçoq ovul fuqarolar yiğini saylovçilar vakillari, ekologik partiya aʼzolari bölgan yoşlar nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan taşabbuslar, nomzodning şaxsiy fikr va ğoyalari böyiça özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Barça savollarga prezidentlikka nomzodning işonçli vakili Berdax Jiyenbayev batafsil javob berdi va barçani 24-oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston Ekologik partiyasidan körsatilgan nomzod Narzullo Oblomurodov nomzodini yoqlab ovoz berişga çaqirdi.
Bölib ötgan saylovoldi tarğibot-taşviqot uçraşuvi demokratik tamoyillar asosida, oşkoralik va şaffoflik ruhida ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶