21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:27
Jamiyat 👁 6,010

Oila – muqaddas dargoh

Oila – muqaddas dargoh

Muhtaram Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini taʼminlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan tarbiya maskanidir.

Bola tarbiyasida oila birlamchi oʻrin tutadi. Bola maʼnaviyatining shakllanishi oiladan boshlanadi. Jamiyat esa oilalardan tashkil topadi. Oila azal-azaldan xalqimizda muqaddas dargoh sanaladi. Barcha milliyqadriyatlar, urf-odat va anʼanalar oilada shakllanadi. Qush uyasiga talpingani kabi, inson ham qayerda boʻlmasin oilasiga intiladi, oilasidan halovat topadi.

Oila inson va jamiyat uchun shunchalik muqaddas va qadrli ekan, barcha birdek uning muqaddasligini anglab,qadriga yetayaptimi? Farzandining tarbiyasida, ertaga qanday inson boʻlib voyaga yetishishida, avlodining davomiyligini taʼminlashda oilasining tinchligi, mustahkamligi, ahil va totuvligi, maʼnaviy barqaror ekanligi eng muhim omil ekanligini hamma ham toʻgʻri tushunib, anglab turmush qurayaptimi? Xalqimizda "Qush uyasida koʻrganini qiladi” degan purmaʼno maqol bor. Hayot tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysiki oilada ota-ona maʼnaviy qashshoq, fikri tor, qadriyatlarni anglamaydigan yoki hurmat qilmaydigan, hayotga yengil qaraydigan, bir soʻz bilan aytganda oila muqaddasligini anglamaydigan boʻlsa, shu oilada oʻsgan farzand hayotda oʻz oʻrnini topa olishi mushkul. Ota-bobolarimiz oila muqaddasligiga alohida eʼtibor qaratishgan. Buning uchun boʻlajak qudalar bir-birini yaxshilab soʻrab-surishtirib, kelajakda oila qurayotgan yoshlar har tomonlama sogʻlom boʻlsa, oʻzlaridan koʻpayib, tinib-tinchib, ahil, inoq va totuv yashab keta olishiga koʻzi yetsa, toʻy qilishgan. Xalqimizda "Qudachilikming yilchilik” degan maqol bejizga aytilmagan.

Afsuski ayrim ota-onalarning beparvoligi tufayli yoshlar hali oila qurishga tayyor boʻlmasdan, bir-birini toʻgʻri anglamasdan, oxirini oʻylamasdan qurgan turmushlari oqibatida bugun ajrimlar koʻpaymoqda. Natijada bolalar tirik yetim boʻlib, birovi otasi bilan, birovi onasi bilan yoki umuman ota-ona mehridan mosuvo boʻlib, bobo-buvisi yoki boshqa qarindoshlari qaramogʻida qolayotgan hollari ham uchramoqda. Keyingi vaqtlarda bunday salbiy holat koʻpayib borayotgani kishini tashvishga soladi. Ajrim boʻlayotgan oilalarni oʻrganganimizda er-xotinning oila masʼuliyatini his qilmasdan, oddiygina qilib, "biz kelisha olmaymiz, xarakterimiz toʻgʻri kelmaydi”, - degan javobini eshitamiz. Boshqalarni bilmadim-u, bizning xalqimiz bolajon xalq, dunyoda bolam deb yashaydi. Bolasi uchun hamma narsaga tayyor. Xalqimizga xos bu maʼnaviy qadriyatni davlatimiz yuritayotgan siyosatida ham koʻramiz. Mustaqillik yillarida oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom farzandlar tugʻilishi, yoshlarning har tomonlama sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun juda katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, ularning barkamol boʻlib voyaga yetishiga munosib shart-sharoit yaratish kabi vazifalar oʻz aksini topganini koʻramiz. Olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻgʻri tushungan, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yaxshi natijalarga erishayotgan oilalarni, ayniqsa yoshlarni koʻrib koʻzimiz quvonadi.

Lekin guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, ayrim oilalarda farzandlarini emas, balki faqat oʻz huzur-halovatini oʻylagan ota-onalar arzimagan kelishmovchilik tufayli ajrashib ketayotgani juda tashvishlanarli holdir.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oila, ota-ona va farzand munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy asoslar yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaining 63, 64, 65, 66-moddalari oila, ota-ona, farzandlar munosabatlariga bagʻishlangan. Jumladan, 63-moddasida: "Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, deyilgan boʻlsa, 64-moddasida: "Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deb belgilab qoʻyilgan. Shuningdek "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida: "Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi olishlari uchun javobgardirlar” deb belgilangan. "Oila Kodeksi”ning 73-moddasida: "Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashlari shart. Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart”, deb belgilab qoʻyilgan. Yana, "Oila kodeksi” ning 65-moddasida: "Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega” deyilgan. Har yili Davlat byudjetining 60 foizga yaqini ijtimoiy sohaga, inson manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Shunday sharoitda ota-onalik masʼuliyatini unutib, oʻzining oʻtkinchi havaslarini farzandlaridan-da ustun qoʻyib, farzandlarini tirik yetim qilib ajrashib ketayotgan oilalarning borligi oʻzini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga daxl-dorman, deb hisoblaydigan barchani birday tashvishlantiradi, albatta.

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi, tuman FHDYo boʻlimi, fuqarolar yigʻinlari, taʼlim muassasalari masʼul xodimlari, mahalla faollari bilan birgalikda oilalarni oʻrganish, aniqlangan notinch oilalar bilan ishlash, farzandining taʼlim-tarbiyasi, hayotda oʻz oʻrnini topa oladigan, har tomonlama bilimli, yetuk, komil insonlar boʻlib yetishishida ota-ona masʼuliyati kabi mavzularda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Lekin oilaviy ajrimlar sodir boʻlayotgani hali ham olib borayotgan hamorlikdagi ishlarimizning yetarli emasligini koʻrsatadi. Shuning uchun "Oila - mahalla - taʼlim muassasasi” hamkorlik kengashlari ishini yanada jonlantirish, "Ota-onalar universiteti” ishini samarali tashkil etish, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha komissiyalar, ayniqsa yarashtirish komissiyasining yanada yaxshi faoliyat olib borishini taʼminlashimiz, yosh oilalar bilan muntazam tushuntirish va targʻibot ishlarini samarali tashkil etishimiz zarur.

Ayniqsa, aholini oilaviy tadbirkorlikka yoʻnaltirish borasidagi ishlar xususan fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilgan "Maslahat markazlari” faoliyati samarali tashkil etilsa, mahallaga biriktirilgan Bandlikka koʻmaklashish markazi inspektorlarining mahallalar bilan hamkorligi yanada yaxshilansa, oila byudjeti yanada yaxshilanadi, eng muhimi, oilada mehnatsevarlik muhiti shakllanadi. Mehnatni sevgan, mehnatni qadrlagan oilada farovonlik boʻladi, yaxshi farzandlar kamol topadi. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir.

Xulosa oʻrnida Muhtaram Prezidentimizning quyidagi soʻzlarini keltirmoqchiman: "Har qanday jamiyatning farovonligi va maʼnaviy mezoni – bu oilaning ahilligi, oilaning mustahkamligidir”.

M.Ahmedova,

tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026