25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 02:17
Jamiyat 👁 185

XITOY OVULIDA “MEHNATI ELDA AZIZ USTOZIM” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

XITOY OVULIDA “MEHNATI ELDA AZIZ USTOZIM” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Tumanimizda Ustozlar va murabbiylar kuni keng miqyosda, tantanali ravishda nishonlandi. Ayniqsa, taʼlim maskanlarida ushbu bayram munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazildi.
Xitoy ovulida ham 85- va 2-sonli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomlangan badiiylashtirilgan bayram kechasi oʻtkazildi. Kechada taʼlim maskanlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan ustoz-murabbiylar, sohada koʻp yillar mehnat qilgan faxriylar va boshqalar qatnashishdi.
Bayram kechasini 85-sonli umumtaʼlim  maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Mohira Erdonova kirish soʻzi bilan ochdi va boshqarib bordi. Ikkala maktab oʻquvchilari tomonidan ham bayramga qizgʻin tayyorgarliklar koʻrilgani kecha boshlanishidayoq namoyon boʻlib, barchaning koʻngliga zavq bagʻishladi. Ayniqsa, 5-,6-,7-,8-sinf oʻquvchilarining ustozlar haqida turli xalq tillarida ijro etgan sheʼrlari barchaga juda manzur boʻldi.
Qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Qurbonoy Duysenboyeva, faxriy oʻqituvchi Tursunboy Abdullayevlar barchani umumxalq bayrami bilan muborakbod etib, ustoz va murabbiylar shaʼniga iliq fikrlar bildirdilar. Kecha davomida 7-sinf oʻquvchi qizlari ijro etgan ommaviy raqs, 9-sinf qizlari ijrosidagi “Mustazod” raqslari barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.
Mehnat faxriysi, shifokor Tojiboy hoji Bozorboyev barchani  bayram bilan tabriklab, Xitoy ovulidan yetishib chiqqan taniqli insonlar haqida soʻzladi. Bu insonlar ham shu maktablar partalarida oʻtirib, ustozlaridan chuqur bilim olganlari, bugungi kunda olamga mashhur insonlar boʻlib yetishganligini faxr bilan aytib oʻtdi.
Shundan soʻng, 7-sinf oʻquvchi-qizlari “Sumbula” qoʻshigʻiga raqs ijro etib, musiqa va sanʼat sohasida ham iqtidorlarini shakllantirishayotganini namoyon etishdi.
Bayram kechasida tumanda faoliyat olib borayotgan yosh ijodkorlarning “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimov ham soʻzga chiqib, soha fidoyilarini tabrikladi. Mamlakatimizda yosh avlodning kelajakda ongli, bilimli, zukko boʻlib yetishishlariga barcha imkoniyatlar yaratib qoʻyilganligi, bu borada ustoz-murabbiylarning mehnatlari beqiyos ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Kecha davomida 9-sinf oʻquvchilari ijro etgan “Beshta muhim tashabbus” qoʻshigʻi ham barchaga manzur boʻldi. Qoʻshiq orqali oʻquvchilar mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama yetuk insonlar boʻlib kamolga yetishida naqadar ulkan maqsadlar olgʻa qoʻyilganligini faxr bilan bayon etishdi. Darhaqiqat, beshta tashabbus ijrosini taʼminlash bilan yosh avlod barcha koʻzlagan choʻqqilarini zabt etishiga aslo shubha yoʻq.
Oʻquvchi-qizlar maktab sahnasida inglizcha qoʻshiq va raqs ijro etishib, maktabda faqat chet tillarni oʻrganibgina qolmay, qardosh xalqlarning musiqasi, sanʼati, madaniyati bilan ham tanish ekanliklarini yana bir bor namoyish etdilar.
Tadbirda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Zebo Soburova ham ustozlar haqida samimiy soʻzlar aytib, oʻzining chuqur ehtiromini koʻrsatdi. Shundan soʻng, 2-sonli umumtaʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, faxriy oʻqituvchi Ahmad Nafasov barchani bayram bilan qutlab, “Ustozlarga” deb nomlangan sheʼrini oʻqib berdi.
Bayram kechasi kuy-qoʻshiqlar, tabriklar bilan mazmunli oʻtdi.

(Maxsus muxbirimizdan)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026