22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:17
Fan va taʼlim 👁 191

“MATEMATIKA – FANLAR ShOHI” TADBIRIDA BILIMLAR YaNADA BOYITILDI

“MATEMATIKA – FANLAR ShOHI” TADBIRIDA BILIMLAR YaNADA BOYITILDI

 Matematikaga fanlar shohi deb taʼrif berilishi bejiz emas. Boisi ushbu fan jamiyatdagi har bir yoʻnalishda, sohalardagi rivojlanishlarda muhim oʻrin tutadi. Yurtimizda matematika fani nufuzini koʻtarish va uni ommalashtirish maqsadida taʼlim maskanlari oʻquvchilari oʻrtasida turli olimpiadalar, oʻqituvchilar uchun tanlovlar oʻtkaziladi. Shuningdek, maktablarda fan oyliklari tashkil etilib, oʻquvchilarning qiziqishlari oshiriladi, bilimlari boyitiladi.
Tumanimizdagi 36-sonli umutaʼlim maktabida ham boshlangʻich taʼlim fan oyligi doirasida 4-“A” sinf oʻquvchilari ishtirokida “Matematika – fanlar shohi” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir bolalarning matematikaga muhabbatini oshirish, fan boʻyicha mashgʻulotlarni qiziqarli tarzda oʻtkazish va oʻrgatish uslublarini namoyish etish maqsadida maktabning boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Nasiba Bobojonova tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rasul Xolmurodov ochib berdi. U matematikaning ahamiyati haqida soʻzlab, atrof-olamdagi barcha narsalarning shakl va arifmetik jihatdan mutanosibligini, bugun texnologiyalar rivojlangan davrda har bir insonda matematik bilimlarga zarurat sezilishini, bu fundamental hayotiy fan atrof-olam bilan bogʻliqligini taʼkidlab oʻtdi. Matematika eng koʻhna va qadimgi fanlardan biri ekanligini aytib, asosiy tushunchalari  natural  sonlar  va  arifmetik  amallar  insoniyat  tarixining  ilk davrlaridayoq  paydo  boʻlganligini, fanning asoschisi bobokalonimiz, ulugʻ ajdodimiz Al-Xorazmiy ekanligini, uning tadqiqotlari haliga qadar ulkan ahamiyat kasb etayotganini faxr bilan tilga oldi.
Bu qadimiy va uzoq rivojlanish yoʻlini bosib oʻtgan fan aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan fan hisoblanadi. Matematika fanini oʻrganayotgan yoshlarda mantiqiy fikrlash rivojlanadi, insonni tartibga oʻrgatib, faoliyatning har xil jabhalarida vujudga keluvchi murakkab masalalarni tushunish uchun zarur boʻladigan tushunchalar hamda ular orasidagi bogʻliqliklarni koʻra olish hamda tahlil qilish xususiyatlari shakllanadi, kelajakda iqtisodiyotning istalgan tarmogʻida malakali kadr boʻlib yetishishiga yordam beradi. Shu oʻrinda Prezidentimizning “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”, – degan teran maʼnoli fikrlari orqali iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarining rivojlanishi uchun eng kerakli boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayorlashda matematika fani taʼlimini va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini rivojlantirish naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin.
Tadbir davomida oʻquvchilar ham maʼruzalar qilib,  ulugʻ olim Al-Xorazmiy va uning ilmiy manbalari, arifmetik amallar, geometrik shakllar haqida qiziqarli maʼlumotlar berishdi. Mantiqan fikrlashga undovchi savol va topishmoqlar, maqollar aytib, sahna koʻrinishlarini namoyish etishdi. Undan tashqari, oʻquvchilarning matematik bilimini sinash va ragʻbatlantirish maqsadida viktorinalar oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar bilimga chan¬qoqligi, intellektual salohiyati yuqoriligini namo¬yish etishdi.
Maktab oʻqituvchilari va ota-onalar tashrif buyurgan ushbu tadbirga oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, qoʻshiq va raqslar yanda fayz kiritdi.

Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning

ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026