25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 02:17
Jamiyat 👁 463

MEHNATIDAN QADR TOPGAN FIDOYILAR

MEHNATIDAN QADR TOPGAN FIDOYILAR

Hayot baland-past dovonlardan, olis-yaqin manzillardan iborat. Har bir inson hayotdan oʻrnini topish, dilidagi orzu-niyatini roʻyobga chiqarish,  el-yurt ravnaqiga hissa qoʻshish uchun shu dovonlarni zabt etib, koʻzlagan manzillariga yetishga harakat qiladi.

EL XIZMATIDAGI ARDOQLI NURONIY

Umrini el salomatligini muhofaza qilish, xastalarning dardiga shifo topishdek masʼuliyatli ishga bagʻishlagan Sulton aka Tojiniyozov ham ana shunday insonlardan.  Bemorlar dardiga darmon boʻlib “Sulton doʻxtir”, deya tanilgan bu shifokor 70 yoshdan oshsa hamki, hamon xalqimiz xizmatida. Izlanishlardan charchamay, har bir kasallik va uning shifo usullarini oʻrganadi, tajribalarini yosh shogirdlariga qayta-qayta oʻrgatishdan aslo erinmaydi.

Qipchoq ovulida, ishchi oilasida 1948-yilda tavallud topgan S.Tojiniyozov bolalikdan juda qiziquvchan edi. Padari buzrukvori Safarboy ota farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor berdi. Ularning bilimli boʻlib ulgʻayishi uchun sharoit yaratishga harakat qildi. Opasi Gulsara tibbiyot sohasiga qiziqib, hamshiralik kasbini tanlaganida mustaqil hayot ostonasida turgan Sulton ham shu sohaga befarq emasligini angladi. Maktabni tugatib, Toshkent shahridagi Tibbiyot institutiga hujjat topshirdi va 1967-yilda talaba boʻldi. Institutni jarroh-urolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlab, respublika kasalxonasida internatura oʻtadi. Internatura muddati tugaganidan soʻng, ilk ish faoliyatini tuman Tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimida shifokor boʻlib ishlashdan boshladi. Sulton aka oʻtgan yillar mobaynida tuman shifoxonasida jarrohlik, urologiya boʻlimlari mudiri vazifasida ham ishladi.

Sulton aka rahmatlik umr yoʻldoshi Maryam opa bilan 5 oʻgʻilni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Katta oʻgʻil Bahrom otasi kabi shifokor boʻldi. Ayni paytda Toshkent shahridagi xalqaro xayriya tashkilotlaridan birida shifokor. Davron, Gʻayrat, Botirlar yakka tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Ravshanbek esa “Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining “Amudaryotumangaz” filialida chilangar boʻlib ishlayapti.

Sulton aka ishdan boʻsh vaqtlarini xonadon oldidagi tomorqada oʻzi barpo etgan moʻʼjazgina bogʻda oʻtkazadi. Mevali daraxtlarni parvarishlaydi, ishkomlarga osilgan toʻr-qovoqlardagi bedanalar, toʻtiqushlar, kaptarlarini oziqlantiradi. Jonli tabiatni xush koʻradigan shifokor uyda, akvariumda turli baliqlar ham boqadi.  

Sulton aka tajribali shifokor sifatida har bir bemorini sinchiklab tekshiruvdan oʻtkazadi. Muolajalarning ketma-ket qoʻllanilishini nazorat qiladi. Jarrohlik amaliyotini qoʻllashda ham oʻz hayotini ishonib topshirgan bemorning dardini yengillatishga harakat qiladi. Shu tufayli u el oldida ham, hamkasblari oldida ham hurmat, eʼtibor qozondi. Ayniqsa, shogirdlari ulkan tajriba maktabiga ega ustozni juda qadrlashadi.

S.Tojiniyozovga 1992-yilda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi” unvoni, 2015-yilda “Mustaqillikning 25 yilligi” koʻkrak nishoni berildi. Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida esa hamon elga xizmat qilib kelayotgan, yosh shifokorlarning sevimli ustozi, tajribali urolog-jarroh “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

U bilan oʻtkazgan suhbatimizda, mehnatlarining davlatimiz tomonidan bir necha bor eʼtirof qilingani uni yanada koʻproq masʼuliyat bilan ishlashga undashini, bundan keyin ham oʻzining ezgu ishlari bilan yoshlarga namuna boʻlishga harakat qilishini faxr bilan eʼtirof etdi.

 

OʻZ IShINING USTASI

Ana shunday samimiy, dilkash va har doim yordamga shay insonlar atrofdagilar qalbidan tez oʻrin oladi. Oddiy ishchi, boʻlganda ham oʻz ishining ustasi, turli mushkul vaziyatlarda yechim topib, doim yonidagilarning ogʻirini yengil qilishga harakat qiladigan zamondoshlarimizdan biri – Omonboy aka Hojiboyev haqida ham shunday desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Ayni paytda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tuman filiali ustasi vazifasida ishlayotgan bu inson deyarli 30-yildan buyon xalq xizmatida.

O.Hojiboyev umumtaʼlim maktabini tugatganidan soʻng, 1990-92-yillarda harbiy xizmatda boʻldi. Shundan soʻng, u oʻzi yashaydigan Bosuv mahallasidagi xoʻjaliklardan birida besh yil davomida ishladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlab kelayotgan, suvni quvurlar orqali xonadonlarga bir maromda yetkazib berayotgan korxonalardan boʻlgan “Tuyamoʻyin-Nukus” suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasida esa 1997-yildan chilangar boʻlib ish boshladi. Korxonadagi suv yetkazib beruvchi texnikalarni taʼmirlashda, quvurlardagi, suv yoʻllaridagi nosozliklarni bartaraf etishda jonbozlik koʻrsatib ishlagan, oʻz bilganlarini oʻrgatib, boshqalarga ham koʻmak berishdan aslo ogʻrinmaydigan fidoyini keyinchalik usta vazifasiga tayinlashdi. Jonkuyar usta goh kunduzi, goh kechasi boʻlsa ham suv inshootlaridagi nasoslar, qurilmalarni sozlab, bir maromda ishlashini taʼminlashga oʻzini masʼul deb biladi.

Omonboy aka umr yoʻldoshi Jongil opa bilan birgalikda uch oʻgʻil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Katta oʻgʻil Gʻiyosjon ota izidan borib, ustachilikni oʻrgandi. Hozir u otasi bilan birga “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tuman filialida chilangar boʻlib ishlamoqda. Qolgan farzandlarini ham jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazib, elga qoʻshishmoqda.

Kamtarinlik, tirishqoqlik, fidoyilik kabi xislatlarni jamoa xoʻjaligida traktorchi boʻlgan otasidan oʻrgangan Omonboy aka bolalikdan texnikalarga qiziqar edi. Traktor buzilgan paytda otasiga yordamlashib yurib, har bir ehtiyot qismning qanday vazifani bajarishini tushunib olar, kerakli uskunalarni adashmay keltirib berishga harakat qilardi. Shundanmi, oʻzi ham texnikalarni ishdan chiqarayotgan nosozliklarni aniqlashga juda qiziqadigan, topib, bartaraf  etmagunicha tinchimaydigan boʻldi. Ishda ham mana shu jonkuyarligidan, oʻz ishiga masʼuliyatliligidan hurmat qozondi.  Usta har bir shogirdiga bu hunarni astoydil oʻrgatar ekan, doim kamchiliksiz bajarishlarini talab etadi.

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida har bir kunini elga naf keltirish bilan oʻtkazayotgan Omonboy akaga “Oʻatan pidayisi”  koʻkrak nishoni berildi. Mehnatlari qadr topganidan chin dildan quvongan usta uchun bu haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

AMU ELINI DUNYoGA TANITGAN SPORTChI

Yana bir yurtdoshimiz, nafaqat Amu elining, balki butun Oʻzbekistonning sevimli farzandiga aylangan sport ustasi – dzyudo kurashi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Sharofaddin Boltaboyev ham eng aziz, eng ulugʻ  bayramimiz arafasida davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʻldi. Yurtimiz sharafini jahon arenalarida turib, shonli himoya qilgan yosh sportchiga “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” unvoni berildi.

Amudaryodan yetishib chiqqan mohir sportchi Sh.Boltaboyev 2015-yilda Quvaytda sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati 2-oʻrinni, shu yili Polsha davlatida sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Yevropa kubogida 3-oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi. 2017-yil Toshkent shahrida sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Toshkent Gran Pri musobaqalarida 3-oʻrin,  shu yili Chexiya davlatida sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Yevropa kubogida 3-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

2018-yil Chexiya davlatining Praga shahrida sportning dzyudo turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Yevropa kubogida 3-oʻrinni egalladi. 2019-yil Dubay shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2-oʻrin, Arab amirligi Fujeyrah shahrida “Asian-Pacific Championships Seniors and Teams 2019” kattalar oʻrtasidagi Osiyo – Tinch okeani chempionatida 2-oʻrin, Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Toshkent gran-prisi “Tashkent Grand Prix 2019” sport musobaqasida 1-oʻrinlar gʻolibi boʻldi.

Sharofaddin yutuqlarni qoʻlga kiritishda davom etib, 2020-yil Parij shahrida boʻlib oʻtgan “Paris Grand Slam” sport musobaqasida 2-oʻrinni egalladi.

2021-yil fevral oyida Tel-Aviv shahrida boʻlib oʻtgan “Tel-Aviv Grand Slam” sport musobaqasida 1-oʻrin, Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Tashkent Grand Slam” musobaqasida 2-oʻrin gʻolibi deb topildi. Yosh sportchi 2021-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish maqsadida yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun belgilangan ballni qoʻlga kiritib, ochkolar hisobini 4681 taga yetkazdi va 81 kg. vazn toifasida dunyo reytingida 7 pogʻonaga koʻtarilishga erishib, Olimpiya oʻyinlarida qatnashishga muvaffaq boʻldi.

Faxrli sportchi, yurtdoshimiz  Sh.Boltaboyev dzyu-do sport turi boʻyicha 2012-2021-yillarda boʻlib oʻtgan barcha Oʻzbekiston Chempionati va kuboklarida oltin, kumush medallarni  qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Sportning dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi sifatida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan, Oʻzbekiston nomini dunyoga tanitayotgan Sh.Boltaboyev  “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” unvoniga har tomonlama munosibdir.

Jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan munosib hissalari, zahmatli mehnatlari evaziga davlatimizning turli mukofotlariga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimizni sa-mimiy muborakbod etamiz.

OzodaXudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026