SAVOL BORMI? JAVOB BERAMIZ!
Savol: Agar ota otalik huquqidan mahrum qilingan bölsa, voyaga yetmagan farzandning familiya yoki ismi özgarganda uning roziligi söraladimi?
Javob: Özbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 70-moddasiga asosan, bolaning ismi va familiyasini özgartiriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organi ota-onaning birgalikda bergan arizasiga asosan bola ön olti yoşga tölgunça bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning ismini özgartirişga, şuningdek, unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab özgartirişga haqlidir.
Agar ota-ona alohida yaşasa va bola bilan birga yaşovçi ota (ona) bolaga öz familiyasini berişni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ota (ona)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlaş mumkin bölmaganda ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, şuningdek, ota yoki ona bolaga taʼminot beriş va uni tarbiyalaş majburiyatlarini bajarişdan uzrsiz sabablarga köra böyin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga oliş şart emas.
Agar bola özaro nikohda bölmagan şaxslardan tuğilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bölsa, vasiylik organi bolaning manfaatlarini eʼtiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almaştiriş uçun ruxsat berişga haqli.
Ön yoşga tölgan bolaning ismi yoki familiyasini özgartirişga faqat uning roziligi bilan yöl qöyiladi.
S.XOLBOYeVA,
FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶