PREZIDENTLIKKA NOMZOD ŞAVKAT MIRZIYoYeVNING IŞONÇLI VAKILI ABATBAY DANIYaROV IŞTIROKIDA TARĞIBOT TADBIRI BÖLIB ÖTDI
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz böylab, yaqinlaşib qolgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik işlari qizğin tusga kirdi. Joylarda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar hamda ularning işonçli vakillarining saylovçilar bilan uçraşuvlari ötkazilib, nomzodlarning saylovoldi dasturlari yuzasidan tarğibot-taşviqot tadbirlari yanada jonlantirilmoqda.
29-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi işonçli vakili, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Abatbay Daniyarov Amudaryo tumanidagi saylovçilar bilan uçraşdi.
Tuman hokimligining majlislar zalida ötkazilgan mazkur uçraşuvda deputatlar, partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi va tuman Kengaşi masʼullari, boşlanğiç partiya taşkiloti aʼzolari, köpçilik qismi ayollar va yoşlardan iborat bölgan saylovçilar, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.

Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğistondagi işonçli vakili Abatbay Daniyorov saylovçilarga nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturini öqib eşittirdi.
Qayd etilişiça, nomzodning “Yangi Özbekiston – inson qadri ustuvor bölgan xalqparvar davlatdir” şiori ostida ilgari surilayotgan saylovoldi dasturida önta yönalişda tub islohotlar amalga oşirilişi közda tutilgan Yangi Özbekiston strategiyasi işlab çiqilgan hamda unda yangi taraqqiyot davrida amalga oşirilişi közlanayotgan ustuvor vazifalar körsatilgan.

Xususan, saylovoldi dasturining ilm va innovatsiyalarga asoslangan yangi iqtisodiyotni barpo etiş yönalişida kelgusi 5-yilda aholi jon boşiga yalpi içki mahsulotni 1,6 barobar oşiriş, 2030-yilga qadar Özbekistonni “daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar” qatoriga kiritişga puxta zamin yaratiş borasida qator vazifalar belgilangan.
Şuningdek, dasturning “Faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy kömak – kambağallikni qisqartirişning muhim omili” deya nomlangan yönalişida mamlakatimizda 2026-yil yakuniga qadar kambağallikni kamida 2 barobar qisqartiriş eng muhim vazifalar ekanligi hamda bu borada amalga oşirilişi közda tutilgan çora-tadbirlar körsatilgan.

Şu bilan birga saylovoldi dasturida qişloq xöjaligida samaradorlikni oşiriş borasida tub islohotlar belgilangan bölib, qişloq xöjaligini intensiv rivojlantiriş orqali dehqon va fermerlar daromadlarini kamida ikki barobar oşirişga, qişloq xöjaligining yillik ösiş surʼatlarini kamida 5 foizga yetkazişga alohida eʼtibor qaratilişi közlangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğistondagi işonçli vakili Abatbay Daniyorov şu kabi turli sohalarda amalga oşirilişi közlangan ustuvor vazifalar belgilangan saylovoldi dasturini öqib eşittirganidan söng, saylovçilar tomonidan turli yönalişlarda berilgan savollarga javoblar qaytardi.
Madamin Kazakov, O'zLiDeP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶