BOShLANGʻICh SINF FAN OYLIGIGA BAGʻIShLANGAN OChIQ DARS OʻTKAZILDI
Mamlakatimiz hududidagi barcha maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribasini oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllanilayotgan metodlarni takomillashtirish maqsadida fan oyliklari oʻtkaziladi. Sentyabr oyi – boshlangʻich sinf fan oyligi hisoblanib, ushbu oylik mobaynida umumtaʼlim maktablarida qator tadbirlar, ochiq darslar tashkil qilinadi.
24-sentyabr kuni 47-sonli umumtaʼlim maktabida ham boshlangʻich sinf fan oyligi doirasida ochiq dars oʻtkazildi. Ochiq darsni maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan Nasiba Bekbergenova tashkil etdi. Mashgʻulotda “Alifbe” fanidan darslar davomida oʻquvchilarning olgan bilimlari yanada mustahkamlandi. Ochiq darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan foydalanildi. Dars mashgʻulotining oʻquvchilarni guruhlarga ajratgan holda tashkil etilishi, darsda oʻyin texnologiyalaridan foydalanilishi oʻquvchilarning taʼlim jarayoniga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, ularning faol ishtirokini taʼminladi.
Aytish kerakki, umumtaʼlim makatblarida fan oyliklarini oʻtkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarni taʼlim-tarbiyadagi ahamiyati, oʻquvchilarni fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini koʻtarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, oʻrganishga boʻlgan intilishlarini oʻstirish, oʻqituvchi va oʻquvchining ijodiy hamkorligini targʻib etish, izlanuvchan, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish va targʻibot qilish, taʼlim jarayonida qoʻllayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Boshlangʻich sinf fan oyligi mobaynida tumanimizdagi barcha maktablarda boʻlgani kabi, 47-sonli taʼlim maskanida ham maktabning pedagogik jamoasi faolligini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, mahoratli kadrlarning oʻzaro tajriba almashishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Boshlangʻich sinflar xonalari zarur koʻrgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlandi. Boshlangʻich sinflar oʻquvchilarining ota-onalari bilan oʻqituvchilar hamda maktab jamoasining yaqin hamkorligi yanada jonlantirildi. Ota-onalarni fandagi yangiliklar, taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, oʻquvchilarning oʻzlashtirish va bilim samaradorligi koʻrsatkichlari bilan tanishtirish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Taʼkidlash kerakki, boshlangʻich sinf darslari samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri – darslarda anʼanaviy va noanʼanaviy metodlardan samarali foydalangan holda darslarni toʻgʻri tashkillashtirish va oʻquvchilarni kreativ fikrlash sifatlarni shakllantirishdir. Shularni inobatga olgan holda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nasiba Bekbergenova ochiq dars mashgʻulotida oʻquvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga undovchi taʼlim metodlaridan samarali foydalandi. Dars juda qiziqarli boʻldi. Ochiq dars mashgʻulotida faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶