«MEHRJON” BAYRAMI KENG NIŞONLANDI
Ajdodlarimizning asosiy bayramlaridan biri bölgan “Mehrjon” keyingi ming yil içida alohida bayram sifatida kam nişonlansa-da, butunlay yöqolib ketmadi. “Mehrjon” kuz va hosil bayrami tusini oldi. Endilikda köpgina bayramlar kabi Mustaqillikdan söng, qadimiy “Mehrjon” mamlakatimizning barça hududlarida noz-neʼmatlarga boy kuzning tarovatli lahzalarini madh etuvçi hosil bayrami sifatida keng nişonlanadigan böldi.
“Mehrjon” bayrami, ayniqsa, bolajonlar va öquvçi-yoşlar qalbida tabiatga mehr-muhabbat tuyğusini uyğotiş, dehqonlarimiz tomonidan yetiştirilgan turli noz-neʼmatlarning inson hayotida öta muhim ekanligini anglatiş xususiyatlari bilan nihoyatda sevimlidir. Bejizga Abu Rayhon Beruniy bobomiz “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “Mehrjon” sözini “Mehr - quyoş”, “jon-sevgisi”, yaʼni quyoş sevgisi degan maʼnolarda talqin qilmaganlar.
Çoyköl ovulidagi 42-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Mehrjon” bayramida öquvçi-yoşlar uşbu bayramning tarixi, asrlar davomida paydo bölgan dehqonçilik taqvimi bilan boğliq xalq anʼanalari haqida maʼruzalar qildilar. Şundan söng, öquvçilar bu bayram bobodehqonlarimizning yil böyi yetiştirgan hosillarini möl-köl yiğib olişayotgan palladagi tantanasi ekanligini sahna körinişlari, kuz oylari taʼrifi haqidagi şeʼr va qöşiqlari, raqslari bilan ifoda etişdi.

Davraga noz-neʼmatlarga töla savat bilan Kuz faslining kirib kelişi barçaga xuş kayfiyat bağişladi. Öquvçilar kuz neʼmatlariga töla dasturxondagi turli mevalar, poliz va sabzavot mahsulotlariga şeʼriy taʼriflar berdilar. “Kuz – Mehrjon – hosil bayrami” şiori ostida nişonlangan mazkur tadbirda öquvçi-yoşlar xalqimizning eng sevimli bobomeros qadriyatlaridan biri hisoblangan “Mehrjon” bayrami haqida özlari yozgan şeʼr va hikoyalarini öqib berişdi. Şuningdek, öquvçilar bir-birlariga “Mevalarning foydali xususiyatlarini bilasizmi?” “Tumanimiz iqlim şaroitida qanday poliz va sabzavotlar yetiştiriladi?” “Kim öz oila tomorqasida işlaşni yaxşi köradi?” “Tomorqa – koni foyda, deganda nimani tuşunasiz?” kabi savollar berişib, özaro zakovat sinovlarida iştirok etişdi.
Bölib ötgan “Mehrjon” bayrami öquvçi-yoşlarda ona tabiatga çeksiz mehr-muhabbat, bobodehqonlar va sohibkor boğbonlar mehnatiga nisbatan hurmat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Risolat IBRAGIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶