25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:19
Jamiyat 👁 300

KUNIGA 200 MING SOʻM DAROMAD QILADIGAN 14 YoShLI HUNARMAND QIZ

KUNIGA 200 MING SOʻM DAROMAD QILADIGAN 14 YoShLI HUNARMAND QIZ

Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida 5 ta muhim tashabbus doirasidagi belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanining Boʻz solma mahallasi hududidagi 70-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib. Ayniqsa, maktabning 9-sinf bitiruvchilari ishtirokida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tashkil etilayotgan targʻibot tadbirlari oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

Bunda mahallada istiqomat qiluvchi hunarmand-usta Rasul aka Xoʻjayevning hissasi katta. Tunukasozlik va kandakorlik yoʻnalishi boʻyicha oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan hunarmand-usta  nafaqat oʻz farzandlari, balki 70-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf bitiruvchi yoshlariga ham hunarmandchilikning nozik sirlarini oʻrgatib kelmoqda.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, Rasul Xoʻjayevning hali 14 yosh boʻlgan qizi Sevinchoy Xolboyeva allaqachon ota kasbini puxta oʻzlashtirib olgan. U kandakorlik asbob-anjomlarini mohirlik bilan ishlatib, oʻzi mustaqil ravishda qadimiy hunarmandchilik anʼanalari asosida mis qumgʻonlarni yasab, hatto jimjimador bezaklar bilan bezatib, ichki bozorga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, tunukasozlik hunariga qiziquvchi maktabdoshlariga oʻzi egallagan hunar sirlarini qunt bilan oʻrgatmoqda.

Rasul akaning oʻgʻli Ruslanbek Xolboyev 7-sinfda, qizi Sevinchoy Xolboyeva esa 8-sinfda oʻqishadi. 13 yoshli Ruslanbek oʻqishdan boʻsh paytlari otasiga yordam bersa, Sevinchoy ikki yildan beri mustaqil faoliyat olib boradi. Sevinchoy hozir 14 yoshda. Hunarmandchilikni otasidan 2-yilda toʻliq oʻrganib olgan Sevinchoyning aytishicha, sohaga qiziqish 6-7 yoshlarida boshlangan.

– Otamga 6 yoshimda shogirdlikka tushganman. Oxirgi ikki yilda sohani aniq oʻrganishga kirishdim. Boshida 2-3 oygacha shunchaki jarayonni kuzatib yurdim. Keyin nimadir yasashga oʻtdim. Ochigʻini aytaman, uch-toʻrt urinishlardan keyingina ishim oʻxshashni boshladi. Ungacha ancha metall boʻlaklarini yaroqsiz qilib qoʻyganman, – deydi Sevinchoy Xolboyeva.

Yosh hunarmand qiz ikki yildan beri mustaqil faoliyat olib boradi. Sevinchoy hozirda 20 ga yaqin uy-roʻzgʻor buyumlari va tunuka ishlab chiqarmoqda. U oʻziga uy ichida alohida ustaxona ochib olgan. Otasi Rasul akaning aytishicha, qizi ishlayotgan paytda hech kim bezovta qilishi mumkin emas. Sevinchoy bir oʻzi, mustaqil ishlashni yaxshi koʻradi.

Hunarmand qiz Sevinchoyning aytishicha, kunlik daromadi 100-150 ming soʻm atrofida. Oʻqish boʻlmagan kunlari bu raqam 200 ming soʻmgacha yetishi ham mumkin ekan. U ertalab soat 5:00da turishga odatlangan. Birinchi qiladigan ishi ustaxonasini ochib, tozalash boʻladi. Kun davomida uy ishlari va oʻqishdan ortib, soat tungi 24:00 gacha ishlashi ham mumkin.

Usta-hunarmand Rasul Xoʻjayevning xonadonidan boʻzsolmalik yoshlarning aslo qadami uzilmaydi. Boʻsh vaqtlarida hunar oʻrganishni xohlovchi ovul yoshlari, shu bilan birga 70-sonli maktab oʻquvchilari Diyorbek Tojiboyev, Saidjon Oʻrozmetovlar Rasul Xoʻjayevning ustaxonasiga tez-tez kelishib, Rasul aka va uning umr yoʻldoshi Oysulton opa Boymanova hamda ularning hunarmand qizi Sevinchoyning uy-roʻzgʻor buyumlarini yasashlarini diqqat-eʼtibor bilan kuzatishadi va zarur maslahatlar olishadi.

Xalqimiz tomonidan: “Hunarmandning rizqi baland”, “Hunarli inson xor boʻlmas”, degan hikmatlar bejizga yaratilmagan.  Inson hayotda qoʻlidagi jamiki moddiyatlardan bir zumda ayrilishi mumkin. Lekin egallagan kasb-kori, ilm-u hunari uning ham umrini, ham qalbini bezaydi, rizq-u nasibasini butun qilib, hayotiga koʻrkamlik baxsh etadi. Boʻzsolmalik hunarmand-usta Rasul aka Xoʻjayev yoshlarga bu haqda gapirib, pand-nasihat qilishdan aslo charchamaydi. Chunki bir kishiga hunarini oʻrgatgan insonga Alloh oʻnta savob ato etadi, deydilar. Zero, savobli ishlar el-yurtga fayz, koʻngillarga xotirjamlik va shodlik bagʻishlaydi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026