Jamiyat
👁 2,144
Vatanni madh etib
Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan
"Yagonasan, muqaddas Vatan!” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston
Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Prezidentimizning 2009-yil 7-apreldagi "Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan tanlov Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qoʻshiqlar yaratishni ragʻbatlantirish, ularni xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylantirishda muhim omil boʻlmoqda.
Tanlovda Nukus shahridan baxshi Kamolboy Alimboyev ijrosidagi "Aziz boʻstonim” qoʻshigʻi birinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Ikkinchi oʻringa amudaryolik Murod Ibrohimov hamda Nukusdan Azerboy Akimov, Nursuluv Toʻreniyazova, Gulnigor Sapayeva, Gulnoz Oʻtepova, Bayram Perdeboyev, Arslanbek Asqarovlar ijrosidagi qoʻshiqlar munosib koʻrildi.
Uchinchi oʻrinni ellikqalʼalik Sadaddin Sapayev, Xoʻjayli tumanidan Gulnora Ismetullayeva egalladi.
Gʻoliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.
OʻzA, A.Ortiqboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶