40-SONLI MAKTABDA BUTUNJAHON TOZALIK KUNI MUNOSABATI BILAN OÇIQ DARS TAŞKIL ETILDI
Har yili sentyabr oyining uçinçi şanba kunida butun dunyo böylab barça mamlakatlarda tozalik kuni sifatida nişonlanaişi anʼanaga aylangan.
Butunjahon tozalik kuni - qattiq çiqindilar global muammosiga, şu jumladan dengiz qoldiqlari muammosiga qarşi kuraşişga qaratilgan har yili ötkaziladigan global ijtimoiy harakatlar dasturidir. Taşkilotning ştab kvartirasi Estoniyaning Tallin şahrida joylaşgan.
Butunjahon tozalik kunida dunyoning köpçilik mamlakatlarida çiqindilarni tozalaş va atrof-muhitni obodonlaştiriş bilan nişonlanadi. Atrof-muhitni tozalaş tadbirlari deyarli har bir mamlakatda ötkaziladi.
Mazkur sana oldidan, yani 17-sentyabr kuni respublikamizning barça maktablarida “18-sentyabr - Butunjahon tozalik kuni”ga bağişlab oçiq darslar ötkazildi. Öqituvçilar tomonidan öquvçilarga çiqindilarni taqsimlaş va ularni qayta işlaş haqida tuşunçalar berildi. Maqollarda aytilişiça “Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “El soğligi – yurt boyligi”dir.
Tozalik va ozodalik azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Şu sababli haşar va obodonlaştiriş tadbirlari doimo mamlakatimizning barça hududlarini, şaharu qişloqlarini qamrab, tadbirlarda kattayu kiçik birdek faol iştirok etadi. Bularning barçasi köngillar obodligiga, aholi salomatligiga, yurtimiz yanada çiroy oçişiga xizmat qiladi.
Darvoqe, tozalik haqida öylaş, qayğuriş oiladan boşlanadi. Şu bois, tumanimizning har bir xonadonida, mahallalar guzarlarida har faslda tozalik, obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladi. Ayni şu kunlarda esa mahalla va oilalarda kuzgi obodonlaştiriş va tozalaş tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Manğit şahridagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida esa 17-sentyabr kungi maʼnaviyat darsi maşğulotlarida barça sinflarda “18-sentyabr – Butunjahon tozalik kuni”ga bağişlangan oçiq darslar taşkil qilindi. 1-B sinf rahbari Muyassar Kamolova, 2-A sinf rahbari Raʼno Jumanova, 8-A sinf rahbari Nigora Hamroyevalar taşkil qilgan darslar juda qiziqarli va munozaralarga boy böldi.
Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan taşillaştirilgan oçiq darslardan keyin har bir öquvçi atrof-muhitni toza saqlaş muhimligini teran anglab yetdilar va uylariga borganida esa ota-onalariga, aka-uka, opa-singillariga, döstlariga oçiq dars-maşğulotlarida körganlarini va örganganlarini hamda ona yurtimiz, ölkamizning tozaligiga eʼtibor beriş muhimligi töğrisida gapirib berajaklarini bildirdilar.
Aslini olganda, har bir inson, yoşidan qatʼiy nazar, tozalikka rioya qilsa, atrof-muhitni obodonlaştirişga, kökalamzorlaştirişga özini daxldor deb bilsa, hayotimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda aslo muammo bölmaydi. Zero, dorilomon va farovon, obod hayot tozalik, soğlom hayot tarzi asosiga quriladi.
Risolat IBRAGIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶