25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 376

MEHNAT FAXRIYLARINING XONADONLARIGA MAXSUS BELGILAR OʻRNATILDI

MEHNAT FAXRIYLARINING XONADONLARIGA MAXSUS BELGILAR OʻRNATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Prezidentimizning 2017-yil 14-iyuldagi “Mehnat “faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi  Qaroriga asosan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻlikni saqlash, yurisprudentsiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida yuksak masʼuliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan bir guruh yurtdoshlarimiz “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan edilar.

“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, 1-, 2-, 3-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga maxsus belgilar  oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Tumanimizdan ham uch nafar el-yurt fidoyisi 2021-yil Navroʻz – umumxalq bayrami arafasida ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangan edilar.

Ulardan biri, 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Ismoil ota Toʻrayev tumanimizning obod va farovon goʻshalaridan biri “Arna boʻyi” mahallasida istiqomat qiladi. Umrining 45-yilini halol va fidoyi mehnat bagʻrida oʻtkazgan Ismoil ota Toʻrayev to pensiyaga chiqquniga qadar tumanimiz qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, irrigatsiya tizimlarini zamon talablari darajasida tartibga keltirish, irrigatsiya inshootlarini qurish-taʼmirlash boʻyicha juda katta koʻlamdagi ishlarga bosh-qosh boʻldi.

U nafaqat davlat va jamoat ishlarida, balki oilasida ham yuksak eʼtibor va hurmatga, ehtiromga munosib ibratli xonadon sohibi, el-yurt ardogʻidagi namunali ota sifatida mahalladoshlari orasida katta obroʻ qozondi.

 “2-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz orasida Qangli ovulida yashovchi, el-yurt hurmat va eʼtiborini qozongan fidoyi otaxon Jangaboy ota Rajabov ham bor.

U mehnat faoliyati davomida sobiq Qipchoq davlat xoʻjaligi direktori oʻrinbosari, Qipchoq panton koʻprigi boshligʻi, “Amudaryo” mashina-traktor parki direktori oʻrinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari, “Xayrulla” fermer xoʻjaligi rahbari vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Oilasida mehribon va hurmat-eʼtiborga munosib ota, el-yurtda yuksak obroʻ qozongan Jangaboy ota Rajabov hamon bardam-baquvvat. 75 yoshdan oshsalar-da qangliliklarning yaxshi-yomon kunlarida yelkadosh, toʻy-maʼrakalariga bosh-qosh va maslahatgoʻy.

2-darajali  “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Tursunboy ota Abdullayevni nafaqat oʻzi tugʻilib-oʻsgan Xitoy qishlogʻi xalqi, balki butun tumanimiz, Xorazm-u Qoraqalpogʻiston ahli taniydigina emas, hatto “oʻzimizning Tursunboy ogʻa!” deya hurmat va ehtirom koʻrsatishadi.

Hayotining qariyb 40-yilini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan Tursunboy ota Abdullayevning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ijodkor-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda urf-odat va anʼanalarimizni yangicha mazmun bilan boyitish borasidagi beqiyos katta  xizmatlari eʼtibor va tahsinga munosib.

Serqirra faoliyat sohibi boʻlgan  Tursunboy ota Abdullayev oddiy oʻqituvchilikdan maktab direktori, oʻzi tashkil qilgan “Solmaboʻy” fermer xoʻjaligi rahbari vazifalarida  halol va samarali ish olib bordi.

Bir vaqtning oʻzida jamoatchilik faoli sifatida amudaryoliklarning toʻy-u tantanalariga bosh-qosh boʻldi. Pensiyaga chiqqach ham tinib-tinchimas Tursunboy ogʻa Abdullayev hamon el-yurt orasida Xitoy qishlogʻidan tortib, tumanimizning barcha hududlarida, hatto qoʻshni Xorazm viloyati tumanlarida boʻlib oʻtadigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda hamisha faol.

Ayni paytda tumanimizning uch nafar fidoyi, pir-u davlat insonlari Ismoil ota Toʻrayev, Jangaboy ota Rajabov hamda Tursunboy  ota Abdullayevlar istiqomat qilayotgan xonadonlar peshtoqlariga va eshiklariga Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev boshchiligida “Bu yerda «Mehnat faxriysi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan fuqaro istiqomat qiladi” mazmunida nishon sohiblarining ismi va familiyalari qayd qilingan belgilar oʻrnatildi.

Yillar davomida mamlakatimiz, qolaversa, tumanimiz taraqqiyotiga oʻzlarining halol va fidoyi mehnatlari  bilan munosib hissalarini qoʻshgan Ismoil ota Toʻrayev, Jangaboy ota Rajabov va Tursunboy ota Abdullayevlarga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bu kabi yuksak hurmat va eʼtibordan nafaqat ularning oila aʼzolari va farzandlari, balki mahalladoshlari, bu fidoyi insonlarni yaxshi biladigan barcha yurtdoshlarimiz mamnun. Chunki insonning fidoyi va halol mehnati, inson qadri yuksak tutilgani bu xalqimizning qadr-qimmati ulugʻlanayotganidan dalolatdir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026