25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 256

ISTIQLOLDA ShARAF TOPGAN KASBIM-FAXRIM

ISTIQLOLDA ShARAF TOPGAN KASBIM-FAXRIM

Yurtimizning har bir goʻshasida bayram shukuhi, istiqlolimizning 30 yillik tantanasi hukmron. Biz – oʻqituvchilar har yili mustaqillik darslarida istiqlolimizning har bir yilini sarhisob qilib soʻzlab beramiz. Hozirgi yoshlarga choʻpchakdek tuyulgan qiyinchilik, qimmatchilik va qahatchilik yillari ayni haqiqatligini biz tengilar va yoshi kattalar juda yaxshi biladi. Balki shu sababdandir, shukronalikka, orzu bilan yashashga koʻnikib qolgandik.
Allohga shukrki, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning "... odamlar orzulari ushalishini yillar boʻyi kutmay, bugun baxtli yashashga haqli.. " degan eʼtirofi roʻyobga chiqdi. 2018-yilda koʻp yillik orzularim ushalib, kreditga uy oldim.
Oʻqituvchilarga berilgan imkoniyatdan foydalanib, 2019-yilda qaytadan 1-toifaga, bu yil oliy toifaga oʻtib oldim. 2019-yildan "Besh tashabbus" doirasida Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilib kelinayotgan "Millionermen" kitobxonlik tanlovlarida oʻquvchilarim bilan muntazam qatnasha boshladim. Hayotimga yangicha mazmun, qiziqishlar kirib keldi.
27-yil deganda, bu yil ilk bora 20 soat toʻliq stavkada dars berishdi, yana urush- janjalsiz deng. Ayrim hamkasblarim ajablanib "Bu yil oʻzbek tili fani oʻqituvchilari urishmayapsizlar, tinchlikmi?" deb ham soʻrashdi. "Allohga shukur, adolatli dars taqsimoti haqidagi qonun jonimizga oro kirdi," dedim sevinchim ichimga sigʻmay. Ha-da, atigi 4 soat bilan ishga kirgan boʻlsam, har yil "Berilgan soatga rozi boʻlmasang, ishni qoʻy, ana boshqalarday bozorga chiq," degan taʼnalarga chidab, maoshimni soʻraganlarning "Voy-boʻy, shugina maosh uchun ishlab nima, sening oʻrningda boʻlsam..." degan iddaolariga kulib, yengib kelganman. Hatto oʻzimning tadbirkor aka- ukalarim ishimdan voz kechsam, maoshimdan koʻproq pul toʻlashlarini necha marta aytishsa, shuncha rad qilganman. Lekin oʻqituvchilik kasbi har yerga urilganida xoʻrligim kelardi.
Oʻqituvchini kimlar kamsitmadi oʻzi?! Necha yillar bir qop unga yetar-yetmas maoshga ishladik, ota-onalarning "Bolamni urishma", degan doʻq-poʻpisalariga bosh egdik, paxta terdik, namunali uylar qurilishida ishladik, uyma-uy yurib odamlarning yashash sharoitini daftarga yozib yurdik, oʻquvchi taʼtilda yo darsdan boʻsh vaqtlarida biron nojoʻya ish qilsa ham biz balogardon boʻldik, maktabni bitirgan oʻquvchilarimizni ham besh yilgacha biz nazorat qildik, tonggi soat 5 da maktabga yigʻilib, pulimizga avtobus yollab, birovlarning paxtasini oʻtab berardik, yagana qilardik, qatqalogʻini yumshatardik. "Yoʻq" deb ham koʻring- chi?! Sevimli ishidan ayrilishni istamaganlar hammasiga rozi boʻlib, "Xoʻp", deb kelishdi. Rozi boʻlmaganlar taʼlim sohasini tark etishdi. Taʼlimda qolganlarning koʻpchiligi qoʻshimcha tadbirkorlik qilib, hatto bozorda aravakashlik qilib, hozirgi yorugʻ kunlarimizga yetib kelishdi.
Ayniqsa, keyingi besh yilda oʻqituvchilarning yelkasiga oftob tegdi. Qonun himoyasida taʼlimdan boshqa yumushlardan ozod qilindi, ortiqcha qogʻozbozliklarga chek qoʻyildi, chin maʼnoda fikr erkinligi berildi. Eng muhimi, koʻp yillik orzulari ushaldi: imtiyozli kredit asosida uy-joy, avtomobil, telefon, kompyuter va boshqa uy-roʻzgʻor jihozlarini sotib olishdi, navbatdan tashqari attestatsiya imkoniyatidan foydalanganlar 4-5-yilda oliy toifali oʻqituvchi maqomiga erishdi, oylik maoshlar ancha oshdi.
Mana bu yil tumanimizda ikki oʻqituvchi 100 foizlik ustamaga loyiq koʻrildi. Ulardan biri – Sherzod Ashirov maktabimiz faxri, "Xalqaro Pisa tadqiqotlari" boʻyicha trener, matematikadan iqtidorli oʻqituvchi.
Bugungi kunda maktabimizda 12 nafar oliy toifali, 20 nafar 1-toifali, 39 nafar 2-toifali, 28 nafar mutaxassis oʻqituvchi dars beradi. Maktabimiz direktori –Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamurodova oʻzbek tili va adabiyot, Sherzod Ashirov matematikadan, Nurbek Jumaniyozov ingliz tilidan, Nafisa Mamutova biologiyadan, Sarvar Yaxshimov fizikadan eng yaxshi oʻqituvchi sifatida nafaqat maktabimizda, balki tuman miqyosida tan olingan, xizmati singgan oʻqituvchilardir. Fan olimpiadalarida ham maktabimiz oʻquvchilari ingliz tili, fizika, rus tili, informatika, kimyo va biologiya fanlaridan tuman bosqichi gʻoliblari boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol qatnashib kelmoqdalar.
Maktabimiz jamoasi erishgan barcha yutuqlarda ustozlarning ustozi, jamoamiz ishonchi, suyanchi va tayanchi boʻlmish direktorimiz Sanobar Xoʻjamurodova va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Yunusova Gulchehra opalarning hissalari beqiyos deb bilaman. Ular doimo yangilik va yutuqlarga ruhlantirib, oʻgit-maslahatlarini ayamaydilar. Oʻzlari, soʻzlari, hayot yoʻllari ibrat boʻladigan, nimaiki, soʻrasang erinmay tushuntiradigan, qoʻlidan kelgan yordamini ayamaydigan, hammaning koʻngliga yoʻl topa oladigan fidoyi ustozlarimiz sogʻ-omon yursinlar.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz esa iqbolimiz va istiqbolimiz boʻlsin!

Hulkaroy Xoʻjaniyozova, 40-sonli maktabning oliy toifali

oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026