25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 332

HUQUQBUZARLAR QARShISIGA TOʻPLANGAN ISh MAHALLADA, OChIQ SAYYoR SUD MAJLISIDA MUHOKAMA ETILDI

HUQUQBUZARLAR QARShISIGA TOʻPLANGAN ISh MAHALLADA, OChIQ SAYYoR SUD MAJLISIDA MUHOKAMA ETILDI

Joriy yilning 19-avgust sanasida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasur Urazboyev, sudya yordamchisi Elyor Jumaniyozov, Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi bosh inspektori Orifjon Qosimov ishtirokida Mangʻit shahridagi Durunki mahallasi fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida, ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 183-moddasida koʻrsatilgan mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzish kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik tarzidagi xuquqbuzarlikni sodir etgan ikki nafar huquqbuzar fuqaro qarshisiga toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari ayblanuvchilarning vakillari, jabrlanuvchilar va ularning vakillari, ish boʻyicha guvohlar va huquqbuzarlarning mahalladoshlari ishtirokida atroflicha muhokama etildi.
Boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddalari asosida maʼmuriy javobgar deb topilib, ularga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Har ikkala huquqbuzar ham mahallada bezorilik qilib, fuqarolar tinchligini buzgani, qilgan ishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirishib, bundan keyin mahallada, jamoat orasida yurish-turish qoidalariga amal qilishga soʻz berdilar.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari jarayonida tumandagi dorixonalardan birida savdo qilayotgan tadbirkorlar oʻz savdo shoxobchasida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 53-moddasida nazarda tutilgan Sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena meʼyorlarini buzib, xuquqbuzarlik sodir etganligi boʻyicha toʻplangan ish materiallari ham ochiq sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi va xuquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrildi.
Undan tashqari, shu kuni mahalla faollari ishtirokida yana toʻrtta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish materiallari ham sayyor sud tomonidan koʻrib chiqilib, qonuniy yechim qabul qilindi.
Shu kuni Durunki mahallasi fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish tartibi hamda saylov qonunchiligi yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasur Urazboyev tomonidan tushuntirish-targʻibot ishlari ham olib borildi. Mahalla faollari bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar joriy yilning 24-oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari va Oʻzbekistondagi Saylov qonunchiligiga oid savollar bilan murojaat qildilar. Oʻz navbatida Jasur Urazbayev fuqarolarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.
Boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisi va Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Urazbayev tomonidan mahalla faollari ishtirokida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda saylov qonunchiligiga oid ochiq muloqot tarzidagi targʻibot tadbiri fuqarolarning huquqiy madaniyatini, savodxonligini oshirish, oʻz fikrlarini emin-erkin ifoda etishlari hamda sudlarning ochiqligini  taʼminlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026