SAYYoR SUDDA YOʻL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR ISh KOʻRILDI
Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud oʻtkazilib, yoʻl-transport hodisasiga doir huquqbuzarlik boʻyicha ish koʻrildi.
Shu yil 17-avgust kuni boʻlib oʻtgan ushbu sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi, fuqarolar yigʻini masʼullari va faollari ishtirok etdi.
Sud davomida mazkur hodisani sodir qilgan huquqbuzarning davlat roʻyxatidan oʻtmagan, davlat raqami boʻlmagan, avtomototransport vositasini “Yul harakati koidalari”da koʻrsatilgan talablarini buzib, xaydovchilik guvohnomasiz mast holatda, hech qanday hujjatlarsiz boshqarib kelayotgan vaqtida yoʻl patrul xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatilganligi, tegishli tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganda mastlik holati aniqlanganligi maʼlum boʻldi.
Sudda huquqbuzar aybiga iqror boʻlib, spirtli ichimlik ichgan holatida mototransport vositasini boshqarib kelayotganida IIB YHXB inspektorlari tomonidan ushlanganligini va tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligini aytdi. Qilgan ishidan pushaymonligini ham aytib, oʻziga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni soʻradi.
Sud davomida ishdagi mavjud hujjatlarni oʻrganib chiqilib, huquqbuzarning harakatlariga huquqiy baho berildi. Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasining 2-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, tegishli jazo chorasi qoʻllanildi.
J.Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶