25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:05
Jamiyat 👁 254

VAZIRLAR MAHKAMASINING YaNGI QARORI MAZMUN-MOHIYaTI TUShUNTIRILDI

VAZIRLAR MAHKAMASINING YaNGI QARORI MAZMUN-MOHIYaTI TUShUNTIRILDI

Shu yil 3-avgustda Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori eʼlon qilindi. Ushbu qarorga koʻra Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

17-avgust kuni Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo komissiyasi  tomonidan mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish, tegishli vazifalarni belgilab olish maqsadida yigʻilish tashkil etildi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi binosida oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo komissiyasi masʼul kotibi Jahongir Xolmurodov, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Farhod Ahmadov, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari va profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari qatnashishdi.

Yigʻilishni tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Baxtiyor Oʻrozov olib bordi. Soʻzga chiqqan masʼullar yangi qaror asosida shu yil 1-sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda yangicha tizim joriy etilishi va bu borada tegishli vazifalar koʻrsatib oʻtilgani xususida soʻz yuritishdi. Qaror mazmun-mohiyati slayd koʻrinishida namoyish etilib, har bir bandi boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, qarorga koʻra endilikda voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligini aniqlashda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar taʼlim muassasalarida, profilaktika inspektorlari xizmat hududida, mahalla raislari oilalarda oʻrganish ishlarini oʻtkazadi. Ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari masʼul hisoblanadi. Bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi. Shundan soʻng, qarovsiz qolgan bolalar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtiriladi.

Yigʻilish davomida profilaktika inspektorining bu boradagi vazifalari, tayyorlanadigan hujjatlar, qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni markazga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida keng tushunchalar berildi.

Tartibga koʻra markaz boshligʻi hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻini qarovsiz bolani qabul qilganlik toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sogʻliqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi. Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini oʻrganadi va ijobiy xulosa boʻlsa ota-onasiga yoki oʻrnini bosuvchi shaxslarga beradi. Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning oʻqishi, xulqi, oilaviy muhitini 1-yil monitoring qiladi. Monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan koʻp 30 kundan koʻp boʻlmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi.

Undan tashqari,  qarovsiz bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirilib, oʻqishi davomida xulq-atvori nazorat qilinadi. Bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tugatganidan soʻng, ular bandligi ham taʼminlanadi. Shuningdek, hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga oʻqishga kirishiga koʻmaklashadi.

Yigʻilish davomida profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.

Jahongir Xolmurodov, Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo komissiyasi masʼul kotibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026