25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:24
Jamiyat 👁 273

YOʻL-TRANSPORT HODISASI MAHALLA FAOLLARI IShTIROKIDA MUHOKAMA ETILDI

YOʻL-TRANSPORT HODISASI MAHALLA FAOLLARI IShTIROKIDA MUHOKAMA ETILDI

Yoʻl qoidasi – umr foydasi, deb bekorga aytilmagan. Haqiqatan ham yoʻllarda yurish, faqat belgilangan joylardan kesib oʻtish,maxsus malakaga, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay turib avtomotransport vositalarini boshqarish qoidalariga qatʼiy amal qilgan inson hayoti uchun hech qanday xavf-xatar tugʻilmaydi. Aksincha, bu kabi qoidalarga eʼtiborsizlik bilan munosabatda boʻlgan inson ham, uning yaqinlari va atrofidagilar ham jiddiy zarar koʻrish bilan birga, oʻzgalar hayotini xavf-xatarga qoʻyishadi. Yoʻl qoidasiga amal qilmaslik oqibatida sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida begunoh insonlar bevaqt hayotdan koʻz yumayotganini hisobga olsak, yoʻl qoidasiga amal qilish harbir fuqaro uchun vazifalardan biri hisoblanadi.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga bagʻishlangan yigʻilishda aynan ana shu masala, yaʼni yoʻl-transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama etildi.

Yigʻilishda tuman prokurori Javlon Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, prokuratura, Ichki ishlar boʻlimi masʼullari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, Doʻstlik va Yangiobod mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ilmira Ismoilova ochdi va olib bordi hamda yigʻilish kun tartibidagi masala - Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududida 2021-yil 10-iyul sanasida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi va uning oqibatlari xususida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining soʻzga chiqib, 2021-yil 10-iyul kuni soat 10:00 larda  Amudaryo tumani Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan chorrahada bir fuqaro tomonidan sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi va unda jabr koʻrgan fuqaroning tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasida uzoq vaqt davolangani, ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan fuqaroning ham, jabrlanuvchi va uning oila aʼzolarining ham ancha qiyinchiliklarni boshlaridan oʻtkazishganlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi maʼlum qilindi.

Ushbu jinoyat ishi boʻyicha muhokamada ishtirok etgan mahalla masʼullari mazkur hodisa natijasida jabrlanuvchining oilasi qiyin holatda qolganligini, olgan tan-jarohati yuzasidan jabrlanuvchi va uning oila-aʼzolari azoblanganligini, kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi hamda boshqa turdagi koʻngilsizliklar boʻlishining oldini olishda jamoatchilik vakillari tegishli masʼullar bilan birgalikda harakat qilishlari zarurligini, shuningdek, haydovchilar va piyodalar ham bu borada masʼuliyatli boʻlishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish foydali boʻlishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Amudaryo tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, katta leylenant Dilshod Aminov  tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligini, olib borilayotgan ishlar natijasida tuman hududida umumiy jinoyatchilik oldingi yillarga qaraganda ancha kamayganini, bu boradagi profilaktik tadbirlarda mahalla faollari va keng jamoatchilik yaqindan yordam berib kelayotganligini va bundan keyin ham hamkorlik asosida ish yuritib, tumanimiz hududida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, yigʻilishda joriy yilning 3-avgust sanasida tumanimizning Oʻrta qalʼa ovuli hududida yashovchi yana bir yurtdoshimiz “Neksiya” rusumli transport vositasida Mangʻit-Gurlan yoʻlining 76-kilometrida gʻarbdan sharqqa tomon xarakatlanib borayotib yoʻlning piyodalar yoʻlakchasidan kesib oʻtayotgan yoʻlovchi, Bosuv mahallasida yashovchi fuqaroni urib yuborgani natijasida fuqaro ogʻir tan jarohati olib tuman tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganini taʼkidladi.

Mazkur holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi maʼlumotnomasiga koʻra fuqaro bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi  ogʻir darajasi, oʻng boldir suyaklarining siljib sinishi, boshi, qoʻllari ezilib, jarohat olganligi va shifoxonada vafot etgani maʼlum qilindi. Mazkur holat yuzasidan ham Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yoʻl-transport hodisalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mahalla faollari ham soʻzga chiqishib, yoʻl harakati qoidalarini tartibga solish boʻyicha oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirib, Mangʻit shahrining ayrim koʻchalari, xususan, Berdaq nomli koʻchada piyodalar yoʻlakchasi yoʻqligini, ushbu markaziy koʻchada tirbandliklar koʻp boʻlishini aytishib, albatta markaziy koʻchalarda piyodalar yoʻlakchalari boʻlishi zarurligini, bundan tashqari, Mangʻit dehqon bozori roʻparasiga ham svetafor oʻrnatish maqsadga muvofiqligini taʼkidladilar.

Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar atroflicha tahlil etilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026