Tumanimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizğin tayyorgarlik körilmoqda
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoniga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni yuksak saviyada ötkaziş böyiça aniq çoralar belgilangan edi.
Muhim siyosiy jarayon bölmiş Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik köriş hamda uni yuksak saviyada ötkaziş borasida Amudaryo tumanida ham tizimli işlar qilinmoqda.
Xususan, tuman hududidagi saylov uçastkalari joylaştirilişi möljallangan binolar inventarizatsiyadan ötkazilib, saylov uçastkalarining joylaşuvi loyihasi işlab çiqildi. Tumanda jami 64 ta saylov uçastkalari taşkil qilinadi. Mazkur saylov uçastkalarining 53 tasi umumtaʼlim maktablarida, 2 tasi kasb-hunar maktabida, 1 tasi musiqa va sanʼat maktabida, 1 tasi muhandislik texnikumida, 1 tasi sport maktabida va 3 tasi madaniyat muassasalarida, 2 tasi fuqarolar yiğinlari binolarida va 1 tasi taşkilot binosida joylaştirilişi közda tutilgan.
Tumanda taşkil etiladigan 64 ta uçastka saylov komissiyalari saylovçilar soniga qarab har biri 11-15 nafar aʼzodan iborat tarkibi şakllantiriladi. Şundan, 1-sektor böyiça 12 fuqarolar yiğini hududida 16 ta uçastka, 2-sektor böyiça 17 ta fuqarolar yiğini hududida 21 ta uçastka, 3-sektor böyiça 12 ta fuqarolar yiğini hududida 18 ta uçastka, 4-sektor böyiça 8 ta fuqarolar yiğini hududida 9 ta uçastka saylov komissiyalari tarkibi şakllantiriladi.
Saylov kuni ovoz beriş amalga oşirilişi rejalaştirilgan umumtaʼlim maktablaridagi mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida jami 12 mablağ ajratilgan. Kamçiliklar aniqlangan obʼektlarning barçasida quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Saylov munosabati bilan ö
Şuningdek, siyosiy partiyalarning tuman taşkilotlari ham yetarli şaroitlar mavjud binolarda joylaşgan. Xususan, “Özbekiston Halq Demokratik partiyasi” tuman kengaşi Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş bölimi binosida, “Özbekiston Ekologik partiyasi” tuman kengaşiga Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi binosida, “Milliy tiklaniş demokratik partiyasi” tuman kengaşi Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi binosida, “Adolat sotsial-demokratik partiyasi” tuman kengaşi Moliya bölimi binosida, ÖzLiDeP tuman kengaşi esa tuman Maktabgaça taʼlim bölimi binosida joylaşgan bölib, partiya masʼullari kompyuter jamlanmalari, internet hamda kerakli jihozlar bilan taʼminlangan va ular ham uşbu muhim siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik körmoqdalar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶