IChIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLAShDA KELIB ChIQAYoTGAN MUAMMOLAR BARTARAF QILINMOQDA
Suv taqchilligi, ayniqsa, mamlakatning choʻl va janubiy hududlari aholisini qiynab kelmoqda. Xususan, Qoraqalogʻiston Respublikasi tumanlarida suv yetishmovchiligi yaqqol namoyon boʻlmoqda. Respublikadagi koʻp sonli aholi istiqomat qiladigan tumanlardan biri Amudaryo tumani aholisi ham suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Tuman aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlashda kelib chiqayotgan muammolar qator omillarga bogʻliqdir. Xususan, tuman aholisiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi asosiy suv manbai boʻlgan Mangʻit arna kanalini suv bilan taʼminlovchi Gurlan vetkasidan sekundiga 7,4 kub metr suv limiti ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, hozirgi kunda, 5-5,5 kub metr sekund tezlikda suv olinmoqda. Mavjud suv zahiralaridan unumli foydalanish maqsadida ayni paytda olinayotgan kunlik suv miqdori suv isteʼmolchilariga navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, suv manbai Mangʻit arna kanaliga daryodan 32 km uzoqlikdan keladi va ushbu kanaldan shahar hududiga suv yetib kelgunicha tumanimizning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining tomorqa yerlari, fermer xoʻjaliklari ekin maydonlariga suv olinadi. Ayniqsa, ekin maydonlarini sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan davrda Mangʻit arna kanalida suv keskin kamayadi hamda shu sababli aholiga ichimlik suvi yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Suv taqchilligi muammosini yumshatish maqsadida masʼul korxona-tashkilotlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MChJga qarashli “Amudaryo tumani suv taʼminoti” korxonasi tomonidan ichimlik suvi yetib borishi qiyin boʻlgan Boʻston hamda Chordara mahallalariga 1 tadan suv qudugʻi qurib berildi.
Tegishli choralar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilsa, tuman aholisining 80 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.
Akbar RAJABOV,
“Qoraqalpoq suv taʼminoti” MChJ Amudaryo tuman filiali boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶