“TOZA QOʻLLAR VA TOʻGʻRI NAFAS OLISh” AKTsIYaSI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI
Respublikamizda 13-22-iyul kunlari “Toza qoʻllar va toʻgʻri nafas olish” aktsiyasi doirasida tadbirlar oʻtkazildi.
Tuman Tibbiyot birlashmasida ham Birlashma boshligʻi F.Abdullayev, Salomatlik boʻlimi shifokori J.Yavkashev ishtirokida aktsiya doirasida tibbiy xodimlar oʻrtasida yakuniy tadbir tashkil etildi. Unda 13-22-iyul kunlari oraligʻida “Toza qoʻllar va toʻgʻri nafas olish” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlar xususida maʼlumot berib oʻtildi. Bu aktsiyani oʻtkazishdan maqsad, aholi orasida kun sayin koʻpayib borayotgan koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq kasallikning oldini olish, profilaktika qilish ekanligi taʼkidlandi.
Aktsiya doirasida 122 ta suhbatlar uyushtirilib, turli tadbirlar oʻtkazilgani, ularda 612 nafar fuqaro qatnashgani maʼlum qilindi. Xususan, faol yurish tadbirlarida, nafis gimnastika boʻyicha koʻrgazmali chiqishlarda Tibbiyot birlashmasi va Navoiy nomli mahalladan 144 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Respublikamizda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda kasalliklar profilaktikasi va reabilitatsiya qilish maqsadidagi aktsiya doirasida oʻtkazilgan tadbirlar aholining sogʻlom turmush tarzi haqidagi tushunchalarini, bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶