PROBATsIYa HISOBIDAGI 3 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI
24-iyul kuni Amudaryo tuman sudi binosida oʻtkazilgan sud majlisida tegishli karantin xavfsizlik choralari koʻrilgan holda qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan 3 nafar probatsiya hisobidagi shaxslarni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomalar koʻrib chiqildi.
Ushbu sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha Taxiatosh tuman sudi raisi Arman Koshanov, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi Abboz Niyazimbetov, Amudaryo tumani Probatsiya guruhi xodimi Ruslan Iskandarov va 3 nafar mahkumlar qatnashishdi.
Mahkumlardan biri oʻgʻirlik sodir qilgani uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga koʻra ayblanib, 3-yil muddatga 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan. Sud davomida oilali, uch nafar farzandi bor ushbu shaxsning muqaddam sudlanmaganligi, ayni paytda tumandagi korxonalardan birida ishchi boʻlib ishlab kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Sudda, mahkumning jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilganligini, mehnatga halol munosabatda boʻlganligini va tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining uchdan bir qismini, yaʼni 1-yil 1 oy muddatini oʻtaganligini maʼlum qilinib, oʻtalmagan 1-yil 11 oy muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish soʻraldi.
Shuningdek, nokonuniy valyuta oldi sottisi bilan shugʻullangani uchun 1-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan yana bir mahkumga doir ish koʻrilib, uning oilali, uch nafar farzandi borligi, muqaddam sudlanmaganligi, ayni paytda ishsizligi aniqlandi.
Sudda ushbu mahkum ham jazoni oʻtash qoidalariga, belgilangan taʼqiq va cheklovlarga toʻliq amal qilganligini va tayinlangan ozodlikni cheklash jazosining uchdan bir qismini, yaʼni 4 oy muddatini oʻtaganligini maʼlum qilinib, oʻtalmagan 8 oy muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish soʻraldi.
Sud majlisida firibgarlik jinoyatini sodir qilgani uchun Jinoyat Kodeksidagi tegishli moddalarga koʻra 1-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan yana bir mahkumni ham jazosining oʻtalmagan muddatidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish toʻgʻrisidagi ish koʻrildi.
Belgilangan tartib-qoidalarga amal qilganligi, munosib xulq-atvorda boʻlganligi uchun ushbu mahkum ham muddatidan ilgari jazodan ozod etilishga loyiq koʻrildi.
Mahkumlar ham oʻzlarining jinoiy qilmishlarini toʻliq anglab yetganligini, sodir qilgan jinoyatidan pushaymonligini, tegishli xulosa chiqarganligini, jazoni oʻtash davrida maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganligini, jazoni oʻtash tartib-qoidalariga toʻliq amal qilganligini aytib, tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni soʻrashdi.
Sudda Probatsiya guruhi xodimi va prokurorning fikrlari, mahkumlarning jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilganligi, mehnatga halol munosabatda boʻlganligi inobatga olindi va 3 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish lozim deb topildi.
Axloq tuzatish va ozodlikni cheklash jazolarini oʻtayotgan ushbu mahkumlar jazoni oʻtash tartib-qoidalarini soʻzsiz bajarganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi uchun davlatimiz qonunchiligining insonparvarlik tamoyili asosida jazoning oʻtalmagan qismidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.
Elyor Jumaniyozov, sudya yordamchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶