HAR BIR MUROJAAT ORTIDA INSON VA UNING ŞAXSIY HAYoTI BOR
Sönggi yillarda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati quriş jarayonida, birinçi navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli taşkil etiş, bir xil huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinişini taʼminlaş, şuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oşirişning yaxlit tizimini joriy etiş kabi vazifalar ijrosi yuzasidan adliya organlari va muassasalarining roli yanada oşirilmoqda.
Joriy 2021-yilning 6 oyi davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi hamda bevosita Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan topşiriqlar böyiça tuman Adliya bölimi tomonidan ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, bölimga 2021-yilning ötgan 6 oyi davomida jami 100 ta ariza, 11 ta şikoyat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlarning 100 tasi ijobiy hal qilindi, yaʼni 49 ta ariza va şikoyatlar qanoatlantirilib, 51 tasiga huquqiy tuşuntirişlar berildi. Bölim xodimlari tomonidan 2021-yilning 6 oyida bevosita şaxsiy qabulda 82 nafar, sayyor qabullarda 29 nafar fuqarolar qabul qilindi.
Bundan taşqari, norma ijodkorligi sohasida 2021-yilning dastlabki 6 oyi davomida qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan 10 ta taklif berildi.
Şuningdek, 1 ta Xalq deputatlari tuman Kengaşi va 3 ta tuman hokimi qarori huquqiy ekspertizadan ötkazildi.
Bölim tomonidan 2021-yil 1-çorak davomida sudlarga 13 nafar fuqaroning manfaatida arizalar kiritilib, şundan 8 tasi qanoatlantirildi. Kiritilgan daʼvo arizalarning 9 tasi fuqarolik sudlariga, 4 tasi maʼmuriy sudlarga kiritildi va daʼvogarlarga jami 10,6 mln söm iş haqlari undirib berildi.
Yilimizning birinçi yarmida 270 ta idora va taşkilotda 11 ta örganiş va 4 monitoring ötkazildi. Örganiş va monitoringlar davomida jami 467 ta qonunbuziliş holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan 26 ta taqdimnoma va 6 ta ogohnoma kiritildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan 5 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka, 4 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Kiritilgan taqdimnomalar asosida fuqarolarga salkam 9,5 mln söm pul mablağlari undirib berildi.
Bundan taşqari, bölim xodimlari tomonidan maʼrifiy-huquqiy tarğibot işlari ham samarali taşkil etildi. Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini yanada oşiriş yuzasidan ötgan 6 oy davomida ommaviy axborot vositalarida 180 ta çiqişlar qilindi. Oğzaki huquqiy tarğibot 372 tani, körgazmali tarğibot 730 tani taşkil qildi. Ötgan 6 oy davomida jami 576 ta tarğibot tadbirlari ötkazilib, bunga 2483 nafar fuqaro qamrab olindi.
Bölim tomonidan 6 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va taşkilotlariga 638 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi. Şundan 40 tasi Qonun, 172 tasi Prezident Farmon va Qarorlari, 312 tasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, 114 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yöriqnomalaridir.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, har bir murojaat ortida inson va uning şaxsiy hayoti bor. Tuman Adliya bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan maʼrifiy-huquqiy tadbirlar, fuqarolarning ariza va şikoyatlarini örganiş, ularning huquqiy jihatdan yeçim topişini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlarning barçasi huquqiy demokratik tamoyillarni hayotga keng tatbiq etiş hamda erkin fuqarolik jamiyatini barpo etişga kömaklaşişdir.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶