Diqqat, e’lon!
Hurmatli, muassasa, korxona va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkor va ishbilarmonlar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
Mazkur qarorga asoslangan holda joriy yilning 1-avgustiga qadar mamlakatimizdagi barcha joy, ko‘cha, tashkilotlarning nomlari, atamalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, ish yuritish hujjatlari, har turli blankalar, shuningdek, tashqi yozuvlar, peshlavhalarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek (qoraqalpoq) alifbosida yozilishini ta’minlashingizni iltimos qilamiz.
Yozilgan har qanday lavhaga e’tiborli bo‘lib, imlo va grammatik qoidalarga amal qilinishini nazoratga olishingizni, xatolarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun har bir jumlani qayta tekshiruvdan o‘tkazishingizni so‘raymiz. Zotan, to‘g‘ri yozish ham madaniyatning bir ko‘rinishi sanalishini unutmang!
Ashirboy Qo‘shayev, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶