“ILK QADAM” OʻQUV DASTURI TAʼLIM-TARBIYaDAGI SAMARANI OShIRMOQDA
Yurt, millat kelajagi boʻlgan jajji bolajonlarga ilk tarbiya oʻz oilasida berib boshlanadi va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davom ettiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim-tarbiya ishlari maʼlum mezonlarga asoslangan. Xususan, yurtimizda barcha bogʻchalarda “Ilk qadam” davlat dasturi asosida taʼlim-tarbiya beriladi. Dasturning mazmun-mohiyati, maqsad-muddaosi esa nihoyatda salmoqli va dolzarbdir.
Bizning 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotimizda «Ilk qadam» dasturi doirasida 3-6 yoshlik bolajonlarga «Bolalar oshxonasi», «Mening diyorim», «Ravon nutq» kabi mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
“Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida umumiy guruhda ishlash tashkil etilmoqda. Guruhlarda qurish, yasash va matematika, nutq oʻstirish, tabiatga sayohat, badiiy adabiyot mashgʻulotlari oʻtkazilayotganligi tarbiyalanuvchi bolajonlarning dunyoqarashini kengaytirib, teran fikrlashga oʻrgatmoqda. Kichkintoylar doʻstlari orasida oʻz fikrlarini bildirish, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarcha suhbatlar tashkil etishga oʻrganishmoqda.
Oʻtilayotgan har bir mavzu bolajonlar uchun qiziq. “Ilk qadam” oʻquv dasturi bolajonlarga taʼlimning ilk bosqichida namunali bilim olishi va ulgʻayishiga zamin yaratadi.
Bizning vazifamiz esa yosh avlodni Vatanga munosib, komil insonlar qilib tarbiyalashdir.
Mohira Bozorboyeva, 1-sonli MTT tarbiyachisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶