YoShLAR – ERTANGI KUNIMIZ BUNYoDKORLARI, KELAJAGIMIZ EGALARIDIR
Jannatmakon yurtimiz kelajagini maʼnan va jismonan sogʻlom, barkamol avlod yaratadi. Shunday masʼuliyatli va ulkan vazifani zimmasiga olishga qodir yoshlarni kamolga yetkazish uchun esa mamlakatimizda zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda barcha imkoniyatlardan foydalanib, zamonaviy bilim va tafakkurga, sogʻlom dunyoqarashga ega boʻlayotgan, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor, navqiron avlod katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi.
Tumanda 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish maqsadida “mahallabay” oʻrganishlar orqali yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular oʻrtasida madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha tizim asosida 9 ta yoʻnalish, 74 ta banddan iborat “Yoshlar dasturi” ishlab chiqildi. Har bir mahalla kesimida ishsiz, tadbirkorlik faoliyati hamda kasb-hunarga oʻqish istagida boʻlgan, ijtimoiy muammoli 6 ming 753 nafar yoshlar roʻyxati shakllantirilib, “Yoshlar daftari” ga kiritildi.
Ulardan 4 ming 685 nafarini ishlash istagida boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Ushbu yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida qurilish va haq toʻlanadigan jamoat ishlari, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohalari, ishlab chiqarish korxonalari, oʻzini oʻzi band qilish yoʻnalishi hamda oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan 511 nafar yoshlarga 12 mlrd. 586 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga koʻmaklashish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, kasb-hunarga oʻqish istagi bor 350 nafar, “Ustoz-shogird” anʼanasi doirasida hunarmandlarga biriktiriladigan 704 nafar va ijtimoiy muammolari bor 503 nafar yoshlar aniqlanib, ularga yordam berish choralari koʻrilmoqda.
Bugungi kunga qadar 6 753 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan 3 376 nafarining bandligi taʼminlandi. Shundan 290 nafari mutaxassisliklari boʻyicha korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi. Jamoatchilik ishlariga joylashtirish orqali 240 nafari, imtiyozli kredit ajratish orqali 188 nafari, subsidiya ajratish orqali 24 nafarining bandligi taʼminlanishiga koʻmaklashildi.
Ishsiz yoshlardan 2634 nafariga esa 912 gektar yer maydonlari ajratib berildi.
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi joriy yil 11-mart kungi Qarori yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalari va ulardan foydalanish tartibini belgilab beruvchi muhim hujjat boʻldi.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil qilinib, ushbu jamgʻarmalarda 935,3 mln. soʻm mablagʻ shakllantirildi. Bugungi kunga qadar yoshlarning muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatish uchun 67,4 mln.soʻm mablagʻ sarflandi.
Ushbu mablagʻlar hisobidan 20 nafar yoshlarga bir martalik yordam uchun 19,6 mln. soʻm, 9 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari uchun 47,8 mln. soʻm ajratildi. Homiylar mablagʻlari hisobidan 3 nafar yoshlarga elektr payvandlash uskunalari, 3 nafariga mikrotoʻlqinli pech, 6 nafariga tikuv mashinasi olib berildi.
Bundan tashqari yana, 38 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olish uchun 101 mln. soʻm, madaniyat va sanʼat yoʻnalishiga 50 ta inventar olish uchun 312 mln. soʻm, sport yoʻnalishiga 1 870 ta inventar olish uchun 183,6 mln. soʻm davlat xaridlari auktsion birjasiga qoʻyildi.
Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga yuksak eʼtibori va ishonchini oqlash, bu gʻamxoʻrlikka har tomonlama munosib boʻlish uchun oʻz ustimizda jiddiy ishlashimiz, qattiq mehnat qilishimiz lozimligini har birimiz chuqur anglashimiz zarur.
Ushbu davlat dasturida bizga yuklatilgan har bir vazifani belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Jasur Davletov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶