25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:05
Jamiyat 👁 384

“COVID hali chekingani yoʻq , ogoh boʻling!” mavzusida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

“COVID hali chekingani yoʻq , ogoh boʻling!” mavzusida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda

Butun dunyo xalqlarini larzaga solgan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bugungi kunda insoniyatning eng dolzarb vazifasi boʻlib  turibdi. Shu barobarida mamlakatimizda ham 2020-yilning mart oyidan beri ushbu koʻrinmas yov bilan kurashish, infektsiyaning tarqalish zanjirini uzish, hududlarni koronavirus infektsiyasi balosidan xalos  etish maqsadida Respublika Maxsus komissiyasining qarori talablari doirasida qatʼiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Garchi, 2020-yil oxiriga borib COVIDning tarqalish tezligi pasayib, qamrov maydoni kamaygan boʻlsa-da, odamlar orasida kasallanish va biri-biridan kasallikni yuqtirib olish holatlariga uzil-kesil barham berilmadi. Aksincha, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining  2021-yil boshidan beri qayd etilish darajasi muttasil oshib bormoqda. Epidemiologik tahlillar natijasida hozirgi kunga kelib Respublikamizda virus bilan kasallanish koʻrsatkichi asta-sekin oshib, kuniga 450-500 va hatto ayrim kunlari bundan ham ortiqni tashkil etmoqda. Kasallanish geografiyasi ham kengayib, infektsiyani yuqtirib olish bilan bogʻliq holatlar mamlakatimizning barcha viloyatlarida, xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ham qayd etilmoqda.

Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, aholi gavjum boʻladigan joylarda  biroz cheklovlar oʻrnatilib, toʻyxonalarda toʻy oʻtkazish va oilaviy marosimlarni tashkil etishda mehmonlar sonini haddan ziyod oshirib yubormaslik, bozorlarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi doʻkonlarda, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida karantin nazorati kuchaytirildi.

Chunki aholining asosiy qatlami boʻlgan yoshlarimiz karantin qoidalariga amal qilishni  unutib qoʻyishdi. Oddiygina niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish, hatto shaxsiy  gigiyena qoidalariga amal qilish masalalariga  eʼtibor bermaslik holatlari sodir  etilmoqda. Vaholanki, hali koronavirus batamom chekingani yoʻq. Qattol virus hamon oramizda yuribdi va har kuni yuzlab odamlar uning tuzogʻiga ilinmoqda, hatto ayrim yurtdoshlarimiz COVID tufayli hayotdan bevaqt koʻz yumishmoqda.

Shularni inobatga olgan holda  va Respublika Maxsus komissiyasining 2021-yil 25-iyun kungi 74-sonli Bayonnomasi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimiz hududida joriy yil 28-iyun sanasidan boshlab tuman IIB tomonidan tungi  tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday nazorat tadbirlaridan biri 28-iyun kuni tungi soati 22-23lar oraligʻida Mangʻit shahridagi umumovqatlanish shoxobchalarida amalga oshirildi. Reyd tadbiri davomida tungi soat 22:40lar chamasida Mangʻit shahridagi “Manas” kofesida belgilangan karantin qoidalari talablariga rioya qilmasdan, tungi soat 20:00dan keyin ham, yaʼni 22:40lar chamasida xoʻrrandalarga xizmat koʻrsatilayotgani aniqlandi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan. Ushbu javobgarlik karantin va inson uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz yurish yoki ish faoliyati yuritish – bazaviy hisoblash miqdorining  5 baravari, yaʼni 1 million 225 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllashga sabab boʻladi.

Reyd tadbiri davomida mavjud qonun-qoidalarga zid ravishda, shuningdek, tunggi soat 20:00dan soʻng ham mijozlarga xizmat koʻrsatish faoliyatini davom ettirgani uchun Mangʻit shahridagi bir necha kafelarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 54-moddasi 2-qisiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bu kabi tezkor reyd tadbirlari tumanimizning har bir hududida amalga oshirilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari fuqarolarga oʻzi va oʻzgalar salomatligiga befarq boʻlmaslik oʻz salomatligini asrashni yoddan chiqarmaslik haqida zarur tushuntirishlar ham olib borishmoqda. Chunki karantin qoidalari hali bekor qilingani yoʻq, koronavirus esa nafaqat butun dunyoda, balki mamlakatimizda ham tobora faollashib bormoqda. Shu bois, aziz yurtdoshlar, jamoat joylarida tibbiy niqob taqmasdan yurmang! Karantin qoidalariga amal qilish – hammamizning burchimiz ekanini unutmang! Zero, xalqimizning salomatligi – avlodlar bardavomligidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026