25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:50
Jamiyat 👁 264

“IJTIMOIY HIMOYa YaGONA REYeSTRI” ORQALI IJTIMOIY NAFAQA VA MODDIY YoRDAM TAYINLASh BOʻYIChA OʻZGARIShLAR KIRITILDI

“IJTIMOIY HIMOYa YaGONA REYeSTRI” ORQALI IJTIMOIY   NAFAQA VA MODDIY YoRDAM TAYINLASh BOʻYIChA OʻZGARIShLAR KIRITILDI

Bugungi kunda ikki yoshga bola parvarishi boʻyicha 14 yoshgacha bolali oilalarga  nafaqa va kam taminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi “Aholini Ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish  hamda sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 122-sonli Qarori bilan tasdiqlangan” kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya Yagona reyestri” Axborot tizimi orqali aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekistonda doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun ariza bilan murojaat etishi mumkin. Arizalar har oyning 16 sanasiga qadar fuqarolarning doimiy yashash manzili yoki vaqtinchalik yashash manzili boʻyicha oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga taqdim etiladi va tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari ushbu hujjatlarni oyning 19-sanasigacha Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimiga taqdim qilish kerak.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlashda tartibga koʻra oila aʼzolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadning hisob-kitobi, oila aʼzosi nomida mavjud boʻlgan koʻchmas mol-mulki va avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar «Yagona reyestr» AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.

Oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash yoki tayinlashni rad etish «Yagona reyestr» AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga tegishli ravishda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi:

a) ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromad ushbu Nizomda belgilangan mezondan oshganda;

b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan maʼlumotlar boʻyicha koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida jami bittadan ortiq koʻchmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud boʻlganda;

v) ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan, ishlab chiqarilgan muddati 7-yildan oshmagan, texnik holati soz boʻlgan avtotransport vositasi mavjud boʻlganda; jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz boʻlgan avtotransport vositalari mavjud boʻlganda;

g) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablagʻlari mavjud boʻlganda;

d) ariza beruvchi va uning oila aʼzolarida ariza bergan oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda bozor qiymatidagi qimmatli qogʻozlari mavjud boʻlganda;

ye) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari tomonidan arizalar taqdim etilganda moddiy yordam tayinlanmaydi.

Shuningdek, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila aʼzosi tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda ham nafaqa tayinlash rad etiladi. Bunda takroran taqdim etilgan ariza «Yagona reyestr» ATga kiritilgandan soʻng, ariza koʻrib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga joʻnatiladi.

Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan aʼzolari mavjud boʻlganda, oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan aʼzosi mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda rad etganda, daromadlarning rasmiy manbalariga ega boʻlmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab, mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilmagan yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud boʻlganda ham nafaqa tayinlanmaydi.

Ushbu bandda koʻrsatilgan mezonlar asosida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar «Yagona reyestr» AT orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron shaklda arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga yuboriladi.

S.Kamiljanov, tuman Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Yagona reyestr shoʻʼbasi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026