GIYoHVAND JAZOGA TORTILDI
Giyohvandlik insonni zalolatga yetaklovçi, oğir oqibatlarga olib keluvçi illatdir. Uşbu illat tufayli yoş umrlar xazon bölib, gödaklarga nogironlik tamğasi bosiladi, oilalar barbod böladi.
Fermer xöjaligi taşkil etib, binoyidekkina işlab yurgan Karimjon (ismlar özgartirilgan) birdan özgarib qoldi. Öziga notaniş bölgan moddani avval şunçaki qiziqib, isteʼmol qilib kördi. Söng şunçalik qattiq örgandiki, usiz turolmaydigan böldi.
Ammo har işning oxiri bölganidek, uning ham qilmişi oşkor böldi. Keçki payt öziga tegişli bölmagan avtomaşinada yaqinda uçratgan tanişi bilan birgalikda giyohvand vositasi geroin moddasini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda tayyorlamoqçi va isteʼmol qilmoqçi bölgan paytida qölga tuşdi.
Avtomaşina tegişli tartibda közdan keçirilganida, bir dona oq politilen paket içiga oq-kök çiziqli oq rangli qoğoz bölagiga öralgan qaymoq rangli ötkir hidli kukunsimon modda, tibbiyot şpritsi içiga solingan qaymoq rangli ötkir hidli kukunsimon vosita va qoğoz bölagiga öralgan qaymoq rangli ötkir hidli kukunsimon modda hamda pullar borligi aniqlandi.
Ötkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga köra, bu moddalar geroin moddasi deb atalişi va uning sof oğirligi 0,41 grammga tengligi maʼlum böldi va Karimjonning giyohvand modda qabul qilib kelganligi ham öz tasdiğini topdi.
Şunga muvofiq, Karimjon özining yuqoridagi jinoiy harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddasida körsatilgan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblandi.
Jinoiy işlar böyiça Törtköl tumanida bölib ötgan oçiq sud majlisida Karimjonga 4-yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
S. Davletmurodov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶