YoZGI TAʼTIL MASʼULIYaTI
Oʻquvchilar oʻquv yilini tamomlab, yozgi taʼtilga chiqishdi. Ularning ushbu maroqli dam olish kunlari uchun belgilangan oʻz rejalari bor: oromgohlarga borib miriqib dam olish, yangi doʻstlar orttirish, yaqin qarindoshlarinikiga mehmonga borish, sayohatlarga chiqish kabi.
Yozgi taʼtil davri boshlanishi bilan oʻquvchi farzandlari bor ota-onalar yengil tortishadi, goʻyo farzandini maktabga yuborish, uy vazifalarini tayyorlashini nazorat qilish, koʻmaklashishdan qutuldim, deb oʻylashadi. Koʻp yillik pedagogik faoliyatimdan kelib chiqib, shuni ishonch bilan ayta olamanki, yozgi taʼtil aslida har bir ota-ona uchun oʻquv davridagidan ham masʼuliyatli palla, chunki avval har kuni dars mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻradigan, maktabda 5-6 soat dars oʻqiydigan oʻquvchi endi butunlay bekor qoladi.
Bunday paytda farzandi taqdiri haqida qaygʻuradigan ota-ona oilada farzandini foydali mashgʻulotlarga jalb qilib, kitob oʻqish, badantarbiya bilan shugʻullanish, uy-roʻzgʻor ishlariga koʻmaklashishni oʻrgatishi lozim. Nazoratsiz, biron mashgʻulotsiz qolgan bola koʻchada bemaqsad vaqt oʻtkazishga oʻrganib qoladi, kunlar zerikarli tuyuladi.
Bugungi kunda tumanimizda ham oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli, maqsadli oʻtkazishga xizmat qiluvchi, fan asoslarini chuqur oʻrgatib, kasb-hunarning ilk koʻnikmalarini shakllantiradigan maktabdan tashqari taʼlim muassasalari toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Ana shunday sanʼat, sport sohasidagi toʻgaraklarga oʻquvchilarni jalb qilish ota-onalarning muhim vazifalaridandir.
Nazira USMONOVA,
38-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶