19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:02
Jamiyat 👁 373

Tumanimizda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazilmoqda

Tumanimizda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yildan beri mamlakatimizda 30-iyun – yoshlar kuni sifatida keng nishonlanadi.

Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi nishonlanadigan mazkur yilda ham ushbu sanani yuqori saviyada, koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” tashkil etilib, ayni kunlarda oylik doirasida turli mavzulardagi madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tadbirlar, marafonlar, sport musobaqalari, amaliy intellektual tanlovlar, uchrashuv va davra suhbatlari, seminar-treninglar, taniqli ijrochilar ishtirokidagi gala kontsertlar, millatlararo doʻstlik festivallari, turli aktsiyalar tashkil etilmoqda.

“Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida bugun – 8-iyun kuni tumanimizda ham yoshlar festivali tashkil etildi.

Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman Ichki ishlar boʻlimi, tumanimiz hududidagi 92-02  chegara qoʻshinlari harbiy qismi, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi hamda OʻzYoI tuman Kengashi tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan rejaviy-jadvalga koʻra, Mangʻit shahrining Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Mangʻit – Gurlan shoh koʻchasi boʻylab yugurish boʻyicha marafon tashkil etildi. Ertalabki soat 8:00da boshlangan mazkur marafon qariyb bir soat davom etdi va unda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 400 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.

Taʼlim muassasalari bitiruvchilari, mahallalardagi uyushmagan va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ishtirok etgan ushbu marafonni oʻtkazishdan maqsad yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish, bandligini taʼminlash, ularni yangi orzular sari ilhomlantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Doʻstlik, bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik gʻoyalari asosida oʻtkazilgan festivalning ilk musobaqasi boʻlgan yugurish boʻyicha marafonda oʻzlarining chaqqonliklari, kuch va salohiyatlarini amalda namoyon etgan yoshlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Xususan, oʻgʻil-bolalar oʻrtasidagi qizgʻin bahslarda 1-oʻrin Shuhratjon Jumaboyevga, ikkinchi oʻrin Rashidbek Iskandarovga va uchinchi oʻrin Otabek Sultonmurodovlarga nasib etdi.

Yugurish boʻyicha marafonning qizlar oʻrtasidagi bahslari yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Oʻzaro doʻstlik va samimiyat ruhida oʻtgan musobaqalarda Gulbonu Oʻrinboyeva 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrin Tillo Shomurodovaga, 3-oʻrin esa Dinora Ozodovaga nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Yoshlar oyligi” doirasida boshlangan yoshlar festivali shu kuni  Olmazor mahallasi hududida yanada jipslik va koʻtarinki kayfiyatda davom etdi. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va mahallalardagi 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 150 nafardan ziyod yoshlar ishtirokida tumanimizda yangidan tashkil etilgan tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida “Harbiylar va yoshlar” uchrashuvi ham oʻtkazildi. “Harbiylar va yoshlar” uchrashuvida harbiy zobitlar tomonidan zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etilib, mazkur koʻrgazma boʻyicha yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Oʻz navbatida harbiy zobitlar tomonidan yoshlarning savollariga batafsil javoblar berilib, koʻrgazmaga qoʻyilgan harbiy texnika va qurol-aslahalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va tushunchalar taqdim etildi.

Tumanimizda “Yoshlar oyligi” doirasidagi bu kabi tadbirlar koʻngilochar madaniy dam olish tadbirlariga ulanib, yoshlar hayotiga yanada koʻrkamlik va fayz bagʻishlamoqda.

Oylik doirasidagi mazkur festivalning adabiy-badiiy qismi 8-iyun kuni kechqurun Mangʻit istirohat bogʻida yanada joʻshqinlik bilan davom etadi. Festival ishtirokchilari uchun tashkillashtirilgan gala kontsert dasturi davomida yugurish boʻyicha marafon gʻoliblariga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshiriladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026