21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:39
Jamiyat 👁 4,627

Tumanimiz hayotining yorqin koʻzgusi

Tumanimiz hayotining yorqin koʻzgusi

Bugun biz yashayotgan globallashuv va Internet asrida taraqqiyotni, hayotimizni zamonaviy axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Ertalab uyqudan uygʻonishimiz bilanoq axborotga ehtiyoj sezamiz va gazeta-jurnallar, televideniye, radio yoki internet orqali jamiyatimizda kechayotgan yangiliklardan xabardor boʻlishga intilamiz. Qisqa qilib aytganda bugun axborot biz uchun hayotiy zarur ehtiyojga aylangan.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yili matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigida "Bugungi kunda jamiyat, fuqarolik institutlari, qolaversa, har qaysi insonning hayoti aynan axborot-kommunikatsiya sohalari bilan uzviy va chambarchas bogʻlanib borayotganini inobatga olmaydigan mamlakat oʻz rivojida umumbashariy taraqqiyotdan chetda qolib ketishi va intellektual boyligidan judo boʻlishi tabiiydir”, deb alohida taʼkidlab oʻtgan edilar.

Shu sababli Yurtimizda mustaqillik yillarida axborot sohasini isloh qilish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, sohadagi qonunchilik bazasi takomillashtirilib, bu borada qabul qilingan bir qancha yangi Qonunlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Oʻz navbatida tarixan qisqa davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari ham jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, demokratik yangilanishlarni yoritish orqali xalqimizni yangicha fikrlashga, maʼnaviy uygʻoqlikka, ongu tafakkurimizni zamon bilan hamnafas holda oʻzgartirishga daʼvat etadigan qudratli kuchga aylandi.

Bugun tumanimizda faoliyat yuritayotgan "Taraqqiyot koʻzgusi”, uning ilovasi "Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti ham xalqimizning ana shunday qudratli quroli desak mubolagʻa boʻlmaydi.

27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bu yil tumanimizda qoʻshaloq bayram sifatida nishonlanmoqda. Sababi, tumanimiz matbuotiga tamal toshi qoʻyilganiga 80-yil toʻlmoqda. 1934-yilda yorugʻlikka chiqa boshlagan sobiq Mangʻit va Qipchoq tumanlarining nashrlari, 1958-yilda tashkil qilingan ularning qonuniy vorislari - "Amudaryo haqiqati”, keyinchalik 2012-yilda "Taraqqiyot koʻzgusi” deya qayta nomlangan tumanimizning ijtimoiy-siyosiy gazetasi oʻtgan 80 yillik tarixiy davr mobaynida nafaqat tumanimiz ahlining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlab kelmoqda, balki uning maʼnaviy maslakdoshi, maʼrifat manbaiga aylanib ulgurdi.

Shuni taʼkidlash joizki, gazeta chop etila boshlagan dastlabki yillardayoq oʻzining xalqchilligi, tili va badiiy xususiyatlari bilan keng xalq ommasiga yaqin boʻla oldi. Gazetaning bunday mavqega ega nashr sifatida ommalashuvining oʻz mezonlari bor, albatta.

Birinchidan, tahririyat jurnalistlari soʻz ustida ishlash sanʼatini chuqur egallagan, adabiyotni, maʼnaviyatni chuqur anglaydigan maʼnaviyat fidoyilari edilar. Ikkinchidan, gazeta ijodkorlari xalq koʻnglidan joy ola bilish sanʼatini egallagan soʻz ustalari edilarki, pirovardida bu ijodkorlar qalam tebratgan mavzular hamisha zamon va davr talablariga mos kelib, ular xalq koʻnglidagi gapni aytardi.

Tashkil etilganining dastlabki yillarida sobiq tuzum tomonidan "savodsizlikni tugatishda vosita” sifatida qaralgan gazeta ikkinchi jahon urushi davrida xalqni yangi marralar sari ruhlantiruvchi maʼnaviy kuch-qudrat timsoli sifatida maydonga chiqdi. Urushdan keyingi tiklanish yillarida esa xalqimizni xayrli va ezgu ishlar sari ruhlantiruvchi maslakdoshga aylandi.

Istiqlol yillarida gazetamiz ijtimoiy-siyosiy ahamiyati jihatidan chinakam yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. Istiqlolning dastlabki yillarida uning sahifalarida mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish, bozor munosabatlariga oʻtish jarayonining dolzarb vazifalari, barcha sohalarda amalga oshirila boshlangan islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati toʻgʻrisida maqolalar berilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ushbu islohotlarning xalqimiz turmushidagi ifodasi, el-yurt faravonligi, jamiyatimizdagi tinchlik va totuvlik, millatlararo hamjihatlik, iqtisodiyotimizning barqaror surʼatlar bilan rivojlanishi, buyuk oʻtmishimiz va nurli kelajagimiz, xalq faravonligi va yosh avlod tarbiyasi yoʻlida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, bir soʻz bilan aytganda kuchli demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi dadil odimlar toʻgʻrisida materiallar berib borilmoqda.

Gazeta nafaqat ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, balki adabiy-badiiy qiymati bilan ham xalqimiz uchun qadrlidir. Uning sahifalarida mustaqillik va ozodlikni, tinchlik va osoyishtalikni, bunyodkorlik va obodonchilikni tarannum qiluvchi, dunyoda tengi yoʻq vatanimiz, qiyosi yoʻq xalqimizga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini yuksak pardalarda tarannum etuvchi materiallar muntazam ravishda chop etilmoqda.

Gazetaning muassisi sifatida Amudaryo tumani hokimligi ham «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan muassisning ommaviy axborot vositasining chiqarilishini taʼminlashdek majburiyatini oʻz zimmasiga olib, tahririyatni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Natijada, keyingi yillarda tahririyatning moddiy texnika bazasi yaxshilandi. Ayni kunda tahririyat salohiyatli kadrlar jamoasiga, oʻz balansidagi binoga, mustahkam moddiy-texnika bazasiga, xizmat avtomashinasiga ega.

2012 yilda davr bilan hamnafas holda gazetamiz "Taraqqiyot koʻzgusi” deya qayta nomlandi. Obuna uyushtirish va gazetani chop qilish, tarqatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani natijasida uning davriyligi oshirilib, har oyda 4-marta chop qilinmoqda.

Gazeta sahifalarida mushtariylar uchun qiziqarli va kun tartibidagi dolzarb mavzularda maqolalar yoritilishi keyingi yillarda gazetxonlarning qiziqishi oshishiga va obuna sonining oʻsishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda gazetamiz 5 mingdan ortiq nusxada chop qilinmoqda.

Ayniqsa, gazetaning zamonaviy texnologiya asosida tumanimizning oʻzida, "Mangʻit matbaasi” xususiy korxonasida chop qilinayotgani uning tezkorligini taʼminlashda muhim vosita boʻlmoqda.

2012 yilning 1-aprelidan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi Internet tarmogʻida oʻzining rasmiy veb-saytiga ega boʻldi. Bu esa gazetada chop qilingan materiallarning elektron koʻrinishini www.amunews.uz veb-sayti orqali butun dunyo boʻyicha oʻqish imkoniyatini yaratdi.

Internet jurnalistikasini rivojlantirish, Internet tarmogʻida Amudaryo tumani, uning bugungi hayoti haqida tezkor, xolis va ishonchli axborot tarqatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida tahririyat xodimlarining saʼy harakatlari bilan 2012-yil 31 iyulda gazetaning internetdagi rasmiy veb-sayti mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi Internet orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositasiga asos solindi. Hozirgi kunga kelib mazkur sayt har kuni, soat sayin tuman hayotiga oid yangiliklar bilan toʻldirilib, yangilab borilmoqda.


Gazeta obunasining koʻpayishi oʻz navbatida tahririyat moliyaviy ahvolining yaxshilanishiga, xodimlar moddiy manfaatdorligining oshishiga va moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishiga zamin yaratdi. Natijada soʻnggi yillarda tahririyat xodimlari ish haqi 2 barobar oshirildi.

Gazeta ijodiy jamoasi va faxriylari safida "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist”, "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari sohib va sohibalari, "Shuhrat” medali sohibining borligi ular mehnatining davlatimiz tomonidan ham munosib baholanayotganidan dalolat beradi.

2014 yilning "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, "Sogʻlom bola yili” tuman dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yildan boshlab "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining ilovasi – "Mening oilam” gazetasi roʻyxatdan oʻtkazilib, chop qilina boshlandi. Ziyoli va bunyodkor elimizyana bir yangi nashrga ega boʻldi. Bugun gazeta oʻz sahifalaridagi oila iqtisodiyotidan tortib, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy va koʻngilochar maqolalari bilan xalq orasiga kirib bormoqda va oʻquvchilarga manzur boʻlmoqda.

2010-yil 2-sentyabrda faoliyat boshlagan Amudaryo televideniyesi ham tumanimiz aholisining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga hissa qoʻshib, ularni tuman yangiliklari bilan tezkor ravishda tanishtirib, tuman hayotining barcha sohalaridan tayyorlangan telemateriallari orqali aholiga manzur boʻlmoqda. Eng muhimi, televideniye va gazeta tahririyatlari oʻrtasida mustahkam ijodiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani, har ikkala tahririyat va matbaa korxonasining bir binoda joylashgani bu yerda oʻziga xos ijodiy muhit yaratilishiga va tumanimiz matbuot va ommaviy axborot vositalari markaziga aylanishiga zamin yaratdi.

Xulosa oʻrnida aytganda, bu yil 80 yilligi nishonlayotgan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati davr bilan hamnafas faoliyat yuritib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga, milliy istiqlol gʻoyasini qaror toptirishga, barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlarni keng yoritib borish orqali aholining axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirishga hissa qoʻshib, fuqarolik jamiyati barpo etilishida, ommaning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda faol qatnashib, mamlakat va tuman ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir boʻlayotgan yangiliklarni, demokratik oʻzgarishlarni, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallar hamda axborotlarni muntazam eʼlon qilib borish orqali aholini yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mazmun-mohiyati bilan xabardor qilib kelmoqda.

Bugun tumanimiz matbuotining 80 yillik yubileyini hamda yurtimizda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayramini keng nishonlar ekanmiz, tumanimiz matbuotining tamal toshini qoʻygan marhum ijodkorlar ruhlarining shod boʻlishini, bugungi tinch va farovon kunlarda qarilik gashtini surayotgan matbuot faxriylarining umri uzoq, tani salomat boʻlishini, ayni damlarda fidoyi mehnatlari bilan mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan barcha matbuot fidoyilari va tahririyatlar ijodkorlariga soʻnmas ilhom va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Amu eliga tumanimiz matbuotining 80 yillik tabarruk toʻyi, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxlislariga yurtimiz taraqqiyoti koʻzgusining 80 yillik yubileyi, mamlakatimizdagi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga kasb bayramlari qutlugʻ boʻlsin!

Hech qachon qalamingiz yozishdan, qalbingiz ijoddan toʻxtamasin, azizlar!

Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Joʻqorgʻi Kengesi deputati.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026