FIZIKA VA KIMYo FANIDAN OChIQ OʻQUV MAShGʻULOTI OʻTKAZILDI
Maktablarda oʻtkaziladigan ochiq oʻquv mashgʻulotlari taʼlim samaradorligi va oʻquvchilardagi oʻzlashtirish darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
21-may kuni 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida fizika va kimyo fanlaridan ochiq dars tashkil etildi. Oʻquvchilar darsda oʻtilgan mavzular yuzasidan savollar berib, mavzular boʻyicha krossvord yechdilar. Oʻqituvchi tomonidan fanlarga oid mantiqiy savollar berildi. Bundan tashqari, oʻquvchilar kimyo va fizika faniga oid sheʼrlar ham aytishdi. Kimyo fanidan oʻquvchilar tomonidan laboratoriya tajribalari oʻtkazildi.
7-“A”sinfdan U.Davidov vodorod olinishi tajribasini, A.Qodirov neytrallanish reaktsiyasini namoyish etdi. S.Ozodboyeva tuxumning sarigʻini oqidan ajratib berdi.
Fizika fanidan ham oʻquvchilar qiziqarli mashgʻulotlar koʻrsatishdi. S.Omonboyev va M.Nurimbetovalar kemaning suvda erkin suzishini, yonmas roʻmolcha tajribasini koʻrsatib berishdi. Dars davomida kimyo fani laboranti R.Madraimova qiziqarli tajribalarni oʻquvchilarga koʻrsatib berdi.
Suvning tarkibini aniqlab, filtirladi, koʻrinmas yozuv paydo qildi, oddiy suv ustida olov hosil boʻlishini koʻrsatib berdi.
Fizika fani laboranti N.Oʻrozboyeva ham oʻquvchilarga qiziqarli va hayotda kerak boʻladigan laboratoriya mashgʻulotlarini koʻrsatib oʻtdi. Simlarni ulab, yoritgichni yoqib koʻrsatdi. Tuxum va suv bosimini aniqladi. Koka Kola ichimligining inson sogʻligiga zararini oʻquvchilarga tushuntirib, tajribalar orqali koʻrsatib berdi.
Kimyo fani oʻqituvchisi N.Xolboyeva va fizika fani oʻqituvchisi D.Qodirovalar oʻtilgan mavzular yuzasidan topshiriqlar berib, darsni yakunladilar.
Dars juda qiziqarli va mazmunli oʻtdi. Bunday tajribalar oʻquvchilarning kimyo va fizika fanlariga qiziqishini oshirish maqsadida maktabimizda tez-tez oʻtkazib turiladi.
Nargiza Xolboyeva, 1-sonli maktabning uslub birlashma rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶